26 февраля 2019
2019 yilning 1 mart kuni Buxoro muxandislik-texnologiya instituti hududida Hamkorlik bogʻi barpo etildi.Mazkur ekologik tashabbus yil boshida imzolangan pardozlash ishlari texnologiyalarini rivojlantirish va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma doirasida oʻtkazilgan birinchi tadbir boʻldi.
“KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ va Buxoro muxandislik-texnologiya instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu ekologik aksiya institutning 2 ming kv. metr hududini koʻkalamzorlashtirish imkoniyatini yaratib berdi.Mutaxassislar tavsiyalariga koʻra Hamkorlik bogʻida Buxoroning iqlim sharoitlariga moslashgan qaragʻay, qora archa, tut, tuyadaraxt, akatsiya, siren kabi daraxtlar ekildi.Mazkur ekologik aksiyada Buxoro muxandislik-texnologiya instituti talabalari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi aʼzolari va KNAUF kompaniyasi xodimlari ishtirok etdi.
"Hamkorlik bogʻi KNAUF kompaniyasi va Buxoro muxandislik-texnologiya institutining uzoq muddatli va samarali hamkorligini boshlab berdi.Biz birgalikda amaliyotga moʻljallangan taʼlim tamoyilini amalga oshiramiz: qurilish sohasidagi boʻlgusi professionallar materiallar amalda oʻzini qanday tutishini his etishi kerak.Shuningdek, KNAUF yoshlar orasida qurilish innovatsiyalari sohasida ilmiy ishlanmalar yuritilishini ommalashtirishni rejalashtirmoqda”, - deydi “KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ ning Toshkent shahridagi filiali direktori Shuxrat Abdujamilov.
Hamkorlik dasturi doirasida “KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ:
- oʻqish va namoyish maqsadlarida institutni KNAUF materiallari bilan taʼminlaydi;
- auditoriyalarni oʻrgatuvchi maketlar va axborot stendlari bilan jihozlaydi;
- talabalarga tarqatma oʻquv materiallarini taqdim etadi;
- innovatsion materiallar va texnologiyalar bilan ishlash boʻyicha maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazadi;
- bayramlar, kasbiy mahorat tanlovlari, anjumanlar, koʻrgazmalar va boshqalarni tashkil etishda ishtirok etadi.
Shuningdek, kompaniya xodimlari qurilish va arxitektura fakultetlari oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadilar.Buxoro muxandislik-texnologiya instituti va “KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ oʻzaro hamkorligi qurilish mutaxassisligii yoʻnalishi bitiruvchilarini tayyorlash sifatini oshirish imkonini yaratadi.
KNAUF kompaniyasi - jahonda qurilish materiallarini eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlib, quruq qurilish innovatsion texnologiyalarini qoʻllash bilan bogʻliq yangi qurilish kasblariga oʻrgatish boʻyicha yetakchi oʻrin egallaydi. MDH davlatlarida oʻz faoliyatining boshida KNAUF kompaniyasi zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlovchi professionallarni oʻqitish va malakasini oshirish tizimiga mablagʻlarni investitsiya qildi. Ushbu yondashish kompaniya falsafasining bir qismi - firmaga oʻz mahsulotini yuqori sifat darajasida qoʻllash imkonini beruvchi “KNAUF toʻplam tizimlari”ning ajralmas elementi hisoblanadi .
Buxoro va Toshkent shaharlarida kompaniyaning ham boshlovchi, ham tajribali ustalarning quruq qurilish texnologiyasini oʻrgatuvchi oʻquv markazlari faoliyat yuritmoqda. Kompaniya 15 ta kasb qurilish kollejlari bilan hamkorlik qilib, oʻquvchilarga amaliyot oʻtash va malakasini oshirish imkonini taqdim etadi. 2015 yilning kuz faslida Margʻilonda birinchi KNAUF resurs markazi ochildi. Kompaniyaning Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlaridagi maslahat markazlari talabalarga KNAUF quruq qurilish tizimlarini va ularning muhandislik tavsiflarini oʻrganishga yordam beradi.
Комментарии