B-Construct TX B55 Tiksotrop ta'mirlash birikmasi.
цена договорная
×
B-Construct TX B55
Ta'rif: Tiksotrop ta'mirlash birikmasi.
Tarkibi: Tsement, mineral to'ldirgich, armirlovchi to'qimalar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.
Asosiy xususiyatlari:
TEMIR BETON KONSTRUKTSIYALARNING HIMOYA QATLAMINI TIKLASH
ASOS BILAN BIR BUTUN
MUSTAHKAMLIKNI TEZ TO'PLASH
NAM YOPIQ XONALAR UCHUN MOS KELADI
KO'CHADAGI ISHLAR UCHUN TAVSIYA ETILGAN
OG'IRLIGI: QOP 25 KG
Qo'llash sohasi
Texnik xususiyatlari
Ko'rsatmalar
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Tsement styajka
Tsementli, tsement-oxakli shtukaturka
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor
Pol
Shift*
Surtish usuli
Qo'lda
Mashinali
* Aralashmaning qo'llanilishi suvning minimal sarflanishida imkoniyatli
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi Tsement
Maksimal fraksiya 2,5 mm
Qo'llash xususiyatlari
1 m3 ni tayyorlash uchun quruq aralashmaning sarfi 2 000 kg
Surtishning minimal qalinligi 5 mm
Surtishning maksimal qalinligi 50 mm
Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi 40 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5 dan +35 °Cgacha
Qattiqlashuvdan keyingi xususiyatlar
Suvga chidamlilik bo'yicha marka min W16
Sovuqqa turg'unlik bo'yicha marka min F400
Vaqt o'tgandan keyin siqilishdagi mustahkamlik:
- 24 soat
- 28 sutka
min 20 MPa
min 55 MPa
Vaqt o'tgandan keyin asos bilan birikish mustahkamligi:
- 7 sutka
- 28 sutka
min 1,2 MPa
min 2,0 MPa
Vaqtda bukilishdagi mustahkamlik
- 1 sutka
- 28 sutka
min 5,0 MPa
min 8,0 MPa
Siqilishda taranglik moduli ≥ 25 GPa
Suv parining o'tkazuvchanligi Sd < 5 m (Klass I)
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik +120 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Agressiv muhitlarda ishlatish 5 < pH < 14
Sulfatga turg'unlik guruhi (GOST GOST R R 56687-2015 ga muvofiq) III sulfatga turg'un*
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
* “IL ORGTEXSTROY” MChJning 18.08.2017 y. dagi 997-son sinovlar bayonnomasi
MO'LJALLANGANLIK
Statik va dinamik qaytalanuvchi yuklamalarga moyil bo'lgan, beton va temir beton elementlarni ta'mirlash: temir beton balkalar, fermalar, kolonnalar, rigellar, qovurg'ali plitalar, devor panellari va boshqalar.
Monolit beton va temir beton konstruktsiyalarni ta'mirlash.
Tosh va armotosh konstruktsiyalarni ta'mirlash.
Dengiz suvi, agressiv muhitlarning, mineral moylarining va muzlatish-eritish tsikllarini ko'p marta navbatlanish ta'siriga moyil bo'lgan konstruktsiyalarni ta'mirlash.
Sezilarli mexanik yuklamalarga (jadal yemirilish va shunga o'xshashga) moyil bo'lgan beton va temir beton konstruktsiyalar tizimini himoyalash sifatida.
ASOSNI TAYYORLASH
Ishlarni o'tkazishdan avval Bergauf B-Isol Hydroplomba materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin.
Beton, temir beton asoslarni va tosh, armotosh asoslarni tayyorlash:
Olib tashlanishi zarur bo'lgan buzilgan asos maydonlarini belgilash. ;
Mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlarni olib tashlash. ;
Maydonning hoshiyalarini asosga qarab 10 mmdan kam bo'lmagan chuqurlikka to'g'ri burchak ostida chopilsin.;
Shtroblashdan shtroblashdan so'ng shtroba ichidagi yuzani dag'allashtirish zarur, ta'mirlanishi kerak bo'lgan yuzaning minimal dag'allashishi 2 2 mmdan kam bo'lmagan o'lchamni tashkil qilishi kerak. ;
Silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi, ularni perforator yoki po'lat cho'tka yordamida “dag'allashtirish” zarur.;
0,5 mmdan katta kenglikdagi yoriqlarni butun uzunligi bo'ylab kengaytirilsin. Beton va temir beton asoslar uchun olingan shtrabaning kesimi kamida 20 X 20 20 mm bo'lishi kerak, tosh va armotosh asoslar uchun olingan shtrabaning kesimi kamida 10 X 10 mm bo'lishi kerak.;
Bosim ostida suv bilan tozalashdan avval tosh va armotosh asoslarning terish choklarini kamida 10 mmdagi chuqurlikka kengaytirilsin. ;
Suvpurkagich suvpurkagich apparat yordamida yuzani suv bilan tozalansin.
B-Isol Hydro Primer adgeziv aralashma surtilsin (ancha batafsil ma'lumotlarni ushbu mahsulotga texnik tasniflanishda ko'ring).
Yalang'ochlangan armaturalari bo'lgan maydonlarni tayyorlash:
Aarmatura yalang'ochlanib qolgan vaziyatda uning atrofidagi betonni ochib yuborilsin va olib tashlansin:
20 mmdan kam chuqurlikka;
shikastlanish zonasining har bir hoshiyasidan 50 mmga;
Armatura maydonlari va bo'rtib chiqib turgan qismlarni zangdan va oksidlanishdan tozalansin. Konstruktsiyaning xizmat muddatini uzaytirish uchun armaturaning va boshqa metal elementlarining bo'rtib turgan qismlarini armaturani himoyalovchi va beton asoslarga adgeziyani oshiruvchi korroziyaga qarshi birikmalar bilan ishlov berish zarur. Armaturani himoyalash uchun PF turidagi emallarni qo'llash taqiqlanadi.;
Armaturaning 20% dan yuqori korroziyasida, armaturani almashtirish zarur.
Diqqat! silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi.
Materialni surtishdan avval yuzani yaxshilab suv bilan namlantirish va B-Isol HydroPrimer adgeizon aralashma surtilsin.
ARALASHMANI TAYYORLASH
Suv bilan aralashtirishda armaturaga va ta'mirlanuvchi asosga nisbatan yuqori darajadagi adgeziya bilan yuqori mustahkam, kirishmaydigan, tiksotrop aralashmani hosil qiladi.
Quruq aralashmaning miqdori sarflanuvchi materialga muvofiq ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
MUHIM: tayyorlangan aralashmani aralashtirish paytidan 40 daqiqa davomida qo'llash zarur
Havo harorati +5–10°С da qorishtirish uchun suvni +30° С gacha ilitilsin.
Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15° C dan +20° C gacha) bilan eritilsin: Quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi.
Suv sarfi quyidagini tashkil qiladi:
aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,14–0,15 l;
aralashmaning 25 kgsiga – suvning 3,5–3,75 l.
Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2–4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
* Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
DIQQAT!
Bergauf B-Construct TX B55 gidroizolyatsiya uchun aralashmani quyidagi yuzalarga surtish taqiqlanadi:
quruq yuzaga;
suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga;
muzlab qolgan yuzalarga;
ikkinchi aralashtirishdan so'ng 40 daqiqa o'tib aralashmani qo'llash taqiqlanadi.
ISHLASH TARTIBI
Surtish
Bergauf B-Construct TX B55 tayyor aralashmasini gruntlangan ta'mirlanuvchi yuzaga masterka yoki shpatel yordamida, bir vaqtning o'zida qo'lda zichlab surtish zarur.
Armatura atrofida aralashmaning zichlanishiga maxsus e'tibor qaratilsin.
Xususiyatlari
Opalubkani qo'llamasdan vertikal yuzaga bir vaqtda surtiladigan qatlamning qalinligi 5mmdan 50 mmgacha o'lchamni tashkil qiladi.
Vertikal yuzaga surtilish qalinligi 50 mmdan ortiq bo'lganda, aralashmani qavatma-qavat surtish zarur bo'ladi.
Gorizontal va qiya yuzalarga bir vaqtda surtiladigan qatlamning qalinligi cheklanmagan.
Adgeziya
Keyingi qatlamlarning yaxshi adgeziyasini olish uchun, har bir oldingi qatlamning yuzasini, masalan, shpatelning qirrasi bilan qotib ulgurmagan aralashmaga chekmalar qo'yish yo'li bilan, g'adir-budur qilish tavsiya etiladi. Chekmalar barmoq bilan ezilishi mumkin bo'lgan aralashma bo'yicha bog'lanish boshlanishidan so'ng 90° burchak ostida shpatel bilan tushirilishi kerak.
Ikkinchi va keyingi qatlamlar
Ikkinchi va keyingi qatlamlarni haroratga va havoning namligiga bog'liq holda oldingi qatlamni surtishdan so'ng 1,5-–2,0 soat o'tib surtish mumkin.
Qatlamlarni surtish orasidagi 2 sutkadan ortiq uzoq muddatli tanaffusda, yuzaga metal cho'tkada ishlov berish va yaxshiab namlantirish zarur bo'ladi.
Shakl berish va ishqalab tekislash
Yuzaning kerakli shakli va oxirgi qatlamni ishqalab tekislashni aralashma tutilib qolishni boshlaganidan keyin masterka, shpatel yoki ishqalagich yordamida bajarish mumkin.
Tutilib qolish payti surtilgan aralashmaga barmoq bilan bosish orqali aniqlanadi. Yuzada alas seziladigan ezilgan joy qolishi kerak.
Materialni havo harorati +5 °С dan +35 °С gacha bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi.
Ushbu yo'riqnomada qo'llash bo'yicha tavsiyalar o'rtacha berilgan va +10 °С dan +25 °С gacha bo'lgan havo harorati uchun taqdim etilgan**.
** +5 °С dan +10 °С gacha haroratda mustahkamlik to'planishini tezlashtirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
quruq aralashmani qo'llashdan avval kamida 1 sutka davomida, +15 °С - +25 °С haroratda, iliq xonada saqlab turish;
eritish uchun +30 °С haroratdagi suvni qo'llash;
ta'mirlanuvchi yuzani ishlarni boshlashdan avval isitish, issiq suv yordamida isitish ehtimoli mavjud;.
** +25 °С dan yuqori haroratda ushbu parametrlarga yuqori haroratni ta'sirini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
quruq aralashmani salqin joyda saqlash;
eritish uchun sovuq suvni qo'llash;
bevosita ishlarni boshlashdan avval yuzani sovuq suvda yuvib salqinlashtirish;
ishlarni sutkaning salqin vaqtida bajarish;
yangi surtilgan aralashmani qurib qolishdan va to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalash tavsiya qilinadi.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur.
Bunda yuza ko'rinishi bo'yicha bir xil zichlikda, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va qavatlashishsiz bo'lishi kerak, materialning qavatlashib ajralishi va asosdan qatlamlab ko'chishi bo'lishi kerak emas.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.
DIQQAT!
Aralashmaning me'yorda qotishi uchun quyidagi sharoitlar ta'minlanishi kerak:
3 sutka davomida yuzaning qurib qolishiga yo'l qo'ymasdan surtilgan aralashmani namlantirib turish;
to'g'ri quyosh nurlaridan, shamoldan, yomg'irdan, ayozdan himoyalash;
mexanik shikastlanishdan himoyalash.
Bergauf B-Construct TX B55 bilan ishlov berilgan yuza quyidagilarga yaroqli:
shtukaturkalash va shpaklevkalash – 7 sutka (Bergauf B-Construct TX B55 ning qoldiq namligi 3 %dan ko'p bo'lmaganida);
barcha turdagi plitkalarni yotqizish – 7 sutka;
pollarni o'rnatish – 14 sutka (Bergauf B-Construct TX B55 ning qoldiq namligi 1,5 %dan ko'p bo'lmaganida);
organik kelib chiqqan aralashmalarni qo'llash – 14 sutkadan so'ng.
Surtishdan so'ng aralashmani 10–12 soatdan kam bo'lmagan vaqtda nam sharoitlarda saqlash zarur, buning uchun 3–4 soat oraliqda yuzaning ko'p martalik namlantirilishi amalga oshirilishi kerak. Surtishdan so'ng ayniqsa quruq va issiq ob-havoda suvning tez parlanib ketishidan yuzani plyonka bilan himoyalash tavsiya qilinadi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 14 oyni tashkil qiladi.
Qoplarni -30 °С dan + 50 °С gacha haroratda va 70% dan ortiq bo'lmagan havo namligida namgarchilikdan saqlagan holda tagliklarda saqlansin. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmasin.
Qopli tagliklar butun saqlash muddatiga har tomondan zich plyonka bilan o'ralgan bo'lishi kerak.
Bergauf B-Construct TX B55 ni ochiq idishda saqlash taqiqlanadi.
Aralashma nomuvofiq ob-havo sharoitlariga minimal ta'sirli maxsus qoplarga qadoqlangan. Mahsulotning barcha xarakteristikalari va kafolat muddatlari uni saqlash sharoitlariga rioya qilgan holda yopiq qadoqda saqlanadigan mahsulot uchun to'g'ri. Ochiq yoki shikastlangan idishdagi mahsulot uchun va uning xarakteristikalariga ishlab chiqaruvchi mas'uliyatni olib bormaydi.
YUKLAB TASHISH
Aralashmalar yopiq turdagi transportning barcha turlarida yuklab tashiladi.
DIQQAT! konstruktsiyalarni ta'mirlash, kuchaytirish, tayyorlash bo’yicha barcha ishlar qo'llaniluvchi materiallar va ish sohalarining o'ziga xosligiga bog'liq holda tizimda boshqa gidroizolyatsion materiallar bilan o'tkaziladi.
Bergauf B-Construct TX B55 yordamida samarali ishlar uchun shu bilan birga Bergaufning boshqa mahsulotlarini ham qo'llash zarur: B-Isol Hydroplomba, B-Isol HYDRO, B-Isol HYDROISOTRON, B-Isol HYDROPROOF va boshqalar.
Mahsulot GOST 31357-2007 “Tsement bog'lovchida quruq qurilish aralashmalari” (“Смеси сухие строительные на цементном вяжущем”) ga muvofiq keladi
DIQQAT! Ishlarni amalga oshirish va mahsulotni qo'llashning xususiyatlari har bir holatda farq qiladi. Texnik tavsiflanishlarda faqat qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar taqdim etilgan.
Iste'molchi materialni noto'g'ri qo'llagani uchun mustaqil ravishda javobgarlikni olib boradi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun Bergauf texnik mutaxassislariga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии