B-Isol HydroPrimer Asosga adgeziyani oshiruvchi tsementli gr
цена договорная
B-Isol HydroPrimer
×
B-Isol HydroPrimer
Ta'rif: Asosga adgeziyani oshiruvchi tsementli gruntovka va armatura uchun korroziyaga qarshi qoplam.
Tarkibi: Tsement, mineral to'ldirgich va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.
Asosiy xususiyatlari:
SILLIQ VA ZICH BETONLAR UChHUN TAVSIYA QILINGAN
KUCHLI SHIMIB OLUVCHI ASOSLAR UCHUN TAVSIYA QILINGAN
SHIFT YUZALAR UCHUN TAVSIYA QILINGAN
OG'IRLIGI: CHELAK 5 VA 15 KG
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Pena beton va undan konstruktsiyalar
Po'lat armatura
Keramzit beton va undan konstruktsiyalar
Tsement styajka
Tsementli, tsement-oxakli shtukaturka
GKL (gipskarton listlar) va GTL (gipstolali listlar)
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor
Pol
Shift*
Surtish usuli
Qo'lda
Mashinali
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi Tsement
Maksimal fraksiya 0,63 mm
Qo'llash xususiyatlari
1 mm qatlamda 1 m2 ga aralashmaning sarfi 1,45 kg
Surtishning minimal qalinligi 1 mm
Surtishning maksimal qalinligi 2 mm
Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi 45 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5° dan +35 °Cgacha
Qotishdan so'ng beton xususiyatlarining o'zgarishi
Sovuqqa turg'unlik bo'yicha marka min F300
Vaqt o'tgandan keyin asos bilan birikish mustahkamligi:
- 7 sutka
- 28 sutka
min 1,0 MPa
min 2,0 MPa
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik +120 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
MO'LJALLANGANLIK
Tsementli gruntovka betonlashdan oldin po'lat armatura va boshqa metal qismlarni himoyalash uchun, ta'mirlash aralashmasini surtishdan avval beton, temirbetondan konsruktsiyalarning zich va silliq yuzalariga ishlov berish uchun, suvni kuchli shimib oluvchi asoslarga surtish uchun, gidroizolyatsiyadan, shtukaturkalashdan va tsement aralashmalar bilan ta'mirlashdan avval mo'ljallangan.
ARMATURANI TAYYORLASH
Ishlar QM 28.13330.2012 (СП 28.13330.2012) ga muvofiq o'tkaziladi
Ishlarni o'tkazishdan avval po'lat armaturaning yuzalari va metal elementlarining yuzalari zang va oksidlanishlardan puxtalik bilan tozalansin. Armaturaning 30% dan yuqori korroziyasida, armaturani almashtirish zarur. Aralashmani surtishdan avval armaturaning yuzasini namlantirilgan mato bilan artib chiqilsin.
ASOSNI TAYYORLASH
Boshqa asoslarga (g'isht terimi, keton, temirbeton, penabeton va boshqalar) surtishdan avval:
Mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlarni olib tashlash;
G'ovakli yuzani, gazbetonni, penabetonni va hokazolarni metal cho'tka yordamida tozalansin;
Yuza changsizlantirilsin;
Yuzani suv purkagich apparat yordamida (beton va temirbeton asoslar, hamda tosh va armotosh asoslar uchun) va changyutgich yordamida (penabeton va undan konstruktsiyalar uchun) suv bilan tozalansin;
Penabeton va undan konstruktsiyalar uchun: aralashma surtilishidan avval yuza namlantirilsin.
ARALASHMANI TAYYORLASH
Suvning zaruriy miqdori bilan aralashtirishda ta'mirlanuvchi asosga nisbatan yuqori darajadagi adgeziyali aralashmani hosil qiladi.
Quruq aralashmani qo'llashdan avval kamida 1 sutka davomida, +10° +25°С haroratda, iliq xonada saqlab turilsin.
Quruq aralashmaning miqdori sarflanuvchi materialga muvofiq ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
MUHIM: tayyorlangan aralashmani aralashtirish paytidan 45 daqiqa davomida qo'llash zarur
Havo harorati +5–10 °С da qorishtirish uchun suvni +30 °С gacha ilitilsin.
Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15 dan +20 °С gacha) bilan eritilsin: Quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi.
Surtishning suvash usulida suvning sarfi quyidagini tashkil qiladi:
aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,20–0,22 l;
aralashmaning 5 kgsiga – suvning 1–1,1 l;
aralashmaning 15 kgsiga – suvning 3,0–3,3 l.
Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2–4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
* Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
ISHLASH TARTIBI
Aralashma qattiq tukli mo'yqalam yordamida surtiladi.
Aralashmani 1-2 mm umumiy qalinlikda ikki qatlamda surtish tavsiya qilinadi.
Bir vaqtda surtiladigan qatlamning qalinligi 1mmdan ortiq bo'lmasligi kerak, bu 1,45 kg/m2 gacha sarfga muvofiq keladi.
Ikkinchi qatlam qotib bo'lgan, ammo qurib ulgurmagan oldingi qatlam ustiga, birinchi qatlam surtilgandan keyin 45–60 daqiqa o'tib, +20°C haroratda surtilsin.
DIQQAT!
B-IsolHydroPrimer aralashmasini quyidagilarga surtish taqiqlangan
quruq yuzaga;
suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga;
muzlab qolgan yuzalarga;
ikkinchi aralashtirishdan so'ng 45 daqiqa o'tib aralashmani qo'llash taqiqlanadi.
DIQQAT!Ishlarni bajarishda nazorat
Ishlarni amalga oshirishda quyidagilarni nazorat qilish zarur:
ta'mirlanuvchi yuzaning tayyorgarlik sifati;
havo harorati;
suv va quruq aralashmaning harorati;
aniq dozalanish;
aralashtirish vaqti va aralashmani ishlatilish vaqti.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 1 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur.
Bunda yuza ko'rinishi bo'yicha bir xil zichlikda, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va qavatlashishsiz bo'lishi kerak, materialning qavatlashib ajralishi va asosdan qatlamlab ko'chishi bo'lishi kerak emas.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.
Betonlashtirish yoki ta'mirlash aralashmasini surtilishini 2 soat o'tib (armatura va metal qismlar uchun) va B-IsolHydroPrimer aralashmasini ikkinchi qatlami surtilgandan so'ng 45–60 daqiqa o'tib (zich beton yuzasini gruntlashda) amalga oshirish mumkin.
Surtishdan so'ng aralashmani 10–12 soatdan kam bo'lmagan vaqtda nam sharoitlarda saqlash zarur, buning uchun 3–4 soat oraliqda yuzaning ko'p martalik namlantirilishi amalga oshirilishi kerak. Surtishdan so'ng ayniqsa quruq va issiq ob-havoda suvning tez parlanib ketishidan yuzani plyonka bilan himoyalash tavsiya qilinadi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 18 oyni tashkil qiladi.
Qoplarni -30 °С dan +50 °С gacha haroratda va 70% dan ortiq bo'lmagan havo namligida namgarchilikdan saqlagan holda tagliklarda saqlansin. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmasin.
ТРАНСПОРТИРОВКАYUKLAB TASHISH
Составы транспортируют всеми видами транспорта крытого типа.Aralashmalar yopiq turdagi transportning barcha turlarida yuklab tashiladi.
DIQQAT! choklarning, tutashish joylari, teginishlarni, kommunikatsiyalarni kiritishlarini gidroizolyatsiyasi bo’yicha barcha ishlar qo'llaniluvchi materiallar va ish sohalarining o'ziga xosligiga bog'liq holda tizimda boshqa gidroizolyatsion materiallar bilan o'tkaziladi.
Mahsulot TU 5745-001-71576152-2014 ga muvofiq keladi
DIQQAT! Ishlarni amalga oshirish va mahsulotni qo'llashning xususiyatlari har bir holatda farq qiladi. Texnik tavsiflanishlarda faqat qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar taqdim etilgan.
Iste'molchi materialni noto'g'ri qo'llagani uchun mustaqil ravishda javobgarlikni olib boradi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun Bergauf texnik mutaxassislariga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии