B-Plaster B40 Beton va tosh konstruktsiyalarini yakuniy teki
цена договорная
B-Plaster B40
×
B-Plaster B40
Ta'rif: Beton va tosh konstruktsiyalarini yakuniy tekislash va toza pardozlash uchun yuqori suvga chidamlilik bilan suvoq aralashmasi.
Tarkibi: Tsement, mineral to'ldirgich, armirlovchi to'qima va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.
Asosiy xususiyatlari:
BETONNING HIMOYA QATLAMINI TIKLAYDI
SURTILGANDAN SO'NG ASOS BILAN BIR BUTUN BO'LIB QOLADI
YAKUNIY QOPLAM KABI QO'LLANILISHI MUMKIN
OG'IRLIGI: QOP 25 KG
Qo'llash sohasi
Texnik xususiyatlari
Ko'rsatmalar
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Pena beton va undan konstruktsiyalar
Keramzit beton va undan konstruktsiyalar
Tsement styajka
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor
Pol
Shift*
* Aralashmaning qo'llanilishi suvning minimal sarflanishida imkoniyatli
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi Tsement
Maksimal fraksiya 0,63 mm
Qo'llash xususiyatlari
1 mm qatlamda 1 m2 ga aralashmaning sarfi 1,8 kg
Surtishning minimal qalinligi 2 mm
Bir o'tishda surtiladigan qatlamning qalinligi 10 mmgacha
Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi 45 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5° dan +35 °Cgacha
Qattiqlashuvdan keyingi xususiyatlar
Suvga chidamlilik bo'yicha marka min W14
Sovuqqa turg'unlik bo'yicha marka min F300
Vaqt o'tgandan keyin siqilishdagi mustahkamlik:
- 24 soat
- 28 sutka
min 10 MPa
min 30 MPa
Vaqt o'tgandan keyin asos bilan birikish mustahkamligi:
- 7 sutka
- 28 sutka
min 1,0 MPa
min 1,5 MPa
Vaqtda bukilishdagi mustahkamlik
- 1 sutka
- 28 sutka
min 5,0 MPa
min 8,0 MPa
28 sutka vaqtda bukilishdagi mustahkamlik min 7,0 MPa
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik +120 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Agressiv muhitlarda ishlatish 5 < pH < 14
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
MO'LJALLANGANLIK
Pardozlovchi aralashma betonnnig himoya qatlamini tiklaydi. Beton, temir beton, pena beton, g'isht va tosh konstruktsiyalarini yuzasini tekislaydi. Yakuniy qoplama sifatida, hamda himoyalovchi qoplamalar va gidroizolyatsiya surtilishidan oldin qo'llaniladi.
ASOSNI TAYYORLASH
Ishlarni o'tkazishdan avval Bergauf B–Isol Hydroplomba materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin.
Olib tashlanishi zarur bo'lgan buzilgan asos maydonlarini belgilash.
Mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlarni olib tashlash.
Ta'mirtalab yuzalarning minimal g'adir-budurligi 1 mmni (beton va temir beton asoslar uchun) va 2 mmni (tosh va armotosh asoslar, hamda pena betondan asoslar) tashkil qilishi kerak.
Silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi.
Suvpurkagich apparat yordamida yuzani suv bilan tozalansin (beton va temir beton asoslar uchun).
Yuzaning g'ovakliligiga bog'liq holda yuzani 2 qatlamda B-IsolHydroPrimer material bilan pardozlansin (ushbu mahsulotga ancha batafsil ma'lumotlarni texnik tavsifda qarang).
Ta'mirlash materialini surtishdan avval yuza suv bilan namlansin.
Suvning zaruriy miqdori bilan aralashtirishda ta'mirlanuvchi asosga nisbatan yuqori darajadagi adgeziya bilan kirishmaydigan tiksotrop aralashmani hosil qiladi.
Quruq aralashmaning miqdori sarflanuvchi materialga muvofiq ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
MUHIM: tayyorlangan aralashmani aralashtirish paytidan 45 daqiqa davomida qo'llash zarur
Havo harorati +5–10 °Cda qorishtirish uchun suvni +30 °Сgacha ilitilsin.
Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15 dan +20 °Сgacha) bilan eritilsin: Quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi.
Surtishning suvash usulida suvning sarfi quyidagini tashkil qiladi:
aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,16–0,17 l;
aralashmaning 25 kgsiga – suvning 4,0–4,25 l.
Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2–4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
* Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
DIQQAT!
BergaufB-PlasterB40 gidroizolyatsiya uchun aralashmani quyidagi yuzalarga surtish taqiqlanadi
quruq yuzaga;
suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga;
muzlab qolgan yuzalarga;
ikkinchi aralashtirishdan so'ng 45 daqiqa o'tib aralashmani qo'llash taqiqlanadi.
ISHLASH TARTIBI
Tayyor aralashmani ta'mirlanuvchi yuzaga ko'lda yoki mexanizatsiyalangan usul bilan surtilsin.
Vertikal yuzaga bir vaqtda surtiladigan qatlamning qalinligi 2dan 10 mmgacha o'lchamni tashkil qiladi. Vertikal yuzaga surtilish qalinligi 10 mmdan ortiq bo'lganda, aralashmani qavatma-qavat surtish zarur bo'ladi. Gorizontal va qiya yuzalarga surtiladigan qatlamning qalinligi cheklanmagan.
Keyingi qatlamlarning yaxshi adgeziyasini olish uchun, har bir oldingi qatlamning yuzasini, masalan, shpatelning qirrasi bilan qotib ulgurmagan aralashmaga chekmalar qo'yish yo'li bilan, g'adir-budur qilish tavsiya etiladi.
Ikkinchi va keyingi qatlamlarni haroratga va havoning namligiga bog'liq holda oldingi qatlamni surtishdan so'ng 1,5–2,0 soat o'tib surtish mumkin.
Qatlamlarni surtish orasidagi 2 sutkadan ortiq uzoq muddatli tanaffusda, yuzaga metal cho'tkada ishlov berish va yaxshiab namlantirish zarur bo'ladi.
Materialni havo harorati +5 °С dan +35 °С gacha bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi.
Ushbu yo'riqnomada qo'llash bo'yicha tavsiyalar o'rtacha berilgan va +10 °dan +25 °С gacha bo'lgan havo harorati uchun taqdim etilgan.**
** +5 °С dan +100 °С gacha haroratda mustahkamlik to'planishini tezlashtirish uchun:
quruq aralashmani qo'llashdan avval kamida 1 sutka davomida, +15 °С – +25 °С haroratda, iliq xonada saqlab turish;
eritish uchun +30 °С dan +40 °С gacha haroratdagi suvni qo'llash;
ta'mirlanuvchi yuzani ishlarni boshlashdan avval isitish, issiq suv yordamida isitish ehtimoli mavjud;
yangi surtilgan aralashmani issiqlikni izolyatsiyalovchi material bilan o'rab qo'yish tavsiya qilinadi.
**** +25 °С dan yuqori haroratda ushbu parametrlarga yuqori haroratni ta'sirini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
quruq aralashmani salqin joyda saqlash;
eritish uchun sovuq suvni qo'llash;
bevosita ishlarni boshlashdan avval yuzani sovuq suvda yuvib salqinlashtirish;
ishlarni sutkaning salqin vaqtida bajarish;
yangi surtilgan aralashmani qurib qolishdan va to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalash tavsiya qilinadi.
Shakl berish va ishqalab tekislash
Yuzaning kerakli shakli va oxirgi qatlamni ishqalab tekislashni aralashma tutilib qolishni boshlaganidan keyin masterka, shpatel yoki ishqalagich yordamida bajarish mumkin.
Tutilib qolish payti surtilgan aralashmaga barmoq bilan bosish orqali aniqlanadi. Yuzada alas seziladigan ezilgan joy qolishi kerak.
DIQQAT! Ishlarni bajarishda nazorat
Ishlarni amalga oshirishda quyidagilarni nazorat qilish zarur:
ta'mirlanuvchi yuzaning tayyorgarlik sifati;
havo harorati;
suv va quruq aralashmaning harorati;
aniq dozalanish;
aralashtirish vaqti va aralashmani ishlatilish vaqti.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur.
Bunda yuza ko'rinishi bo'yicha bir xil zichlikda, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va qavatlashishsiz bo'lishi kerak, materialning qavatlashib ajralishi va asosdan qatlamlab ko'chishi bo'lishi kerak emas.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.
DIQQAT!
Aralashmaning me'yorda qotishi uchun quyidagi sharoitlar ta'minlanishi kerak:
2 sutka davomida yuzaning qurib qolishiga yo'l qo'ymasdan surtilgan aralashmani namlantirib turish;
to'g'ri quyosh nurlaridan, shamoldan, yomg'irdan, ayozdan himoyalash;
mexanik shikastlanishdan himoyalash.
Bergauf B-Plaster B40 aralashmali yuza quyidagilar uchun yaroqli:
suvoqlash va shpaklevkalash – 7 sutkadan so'ng;
barcha turdagi plitkalarni yotqizish – 7 sutkadan so'ng;
pollarni tuzish – 7 sutkadan so'ng;
organik kelib chiqqan aralashmalarni qo'llash – 10 sutkadan so'ng.
Surtishdan so'ng aralashmani 10–12 soatdan kam bo'lmagan vaqtda nam sharoitlarda saqlash zarur, buning uchun 3–4 soat oraliqda yuzaning ko'p martalik namlantirilishi amalga oshirilishi kerak. Surtishdan so'ng ayniqsa quruq va issiq ob-havoda suvning tez parlanib ketishidan yuzani plyonka bilan himoyalash tavsiya qilinadi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 14 oyni tashkil qiladi.
Qoplarni -30 °С dan +50 °С gacha haroratda va 70% dan ortiq bo'lmagan havo namligida namgarchilikdan saqlagan holda tagliklarda saqlansin. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmasin.
Qopli tagliklar butun saqlash muddatiga har tomondan zich plyonka bilan o'ralgan bo'lishi kerak. Bergauf B-Plaster B40ni ochiq idishda saqlash taqiqlanadi.
Aralashma nomuvofiq ob-havo sharoitlariga minimal ta'sirli maxsus qoplarga qadoqlangan. Mahsulotning barcha xarakteristikalari va kafolat muddatlari uni saqlash sharoitlariga rioya qilgan holda yopiq qadoqda saqlanadigan mahsulot uchun to'g'ri. Ochiq yoki shikastlangan idishdagi mahsulot uchun va uning xarakteristikalariga ishlab chiqaruvchi mas'uliyatni olib bormaydi.
YUKLAB TASHISH
Aralashmalar yopiq turdagi transportning barcha turlarida yuklab tashiladi.
DIQQAT! Choklarning, tutashish joylari, teginishlarni, kommunikatsiyalarni kiritishlarini gidroizolyatsiyasi bo’yicha barcha ishlar qo'llaniluvchi materiallar va ish sohalarining o'ziga xosligiga bog'liq holda tizimda boshqa gidroizolyatsion materiallar bilan o'tkaziladi.
BergaufBergaufB-PlasterB40 yordamida maydonlarni samarali gidroizolyatsiyasi uchun shu bilan birga Bergaufning boshqa mahsulotlarini qo'llash zarur: B–Isol Hydroplomba, B–Isol HYDRO, B–Isol HYDROISOTRON, B-IsolHYDROPROOF va boshqalar.
Mahsulot GOST 31357-2007 “Tsement bog'lovchida quruq qurilish aralashmalari” (“Смеси сухие строительные на цементном вяжущем”) ga muvofiq keladi
DIQQAT!!! Ishlarni amalga oshirish va mahsulotni qo'llashning xususiyatlari har bir holatda farq qiladi. Texnik tavsiflanishlarda faqat qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar taqdim etilgan.
Iste'molchi materialni noto'g'ri qo'llagani uchun mustaqil ravishda javobgarlikni olib boradi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun Bergauf texnik mutaxassislariga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии