Elastik polimertsementli bir komponentli gidroizolyatsiyaB-I
цена договорная
B-Isol Up Elast 1K
Ta'rif: Elastik polimertsementli bir komponentli gidroizolyatsiya.
Tarkibi: Tsement, mineral to'ldirgich, armirlovchi to'qimalar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.
Asosiy xususiyatlari:
ELASTIK, YORIQLARNI BERKITADI
PAR O'TKAZUVCHAN
ASOSGA YUQORI DARAJADAGI ADGEZIYASI
KAM HARAJATLI
OG'IRLIGI: QOP 25 KG
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Pena beton va undan konstruktsiyalar
Tsement styajka
GKL (gipskarton listlar) va GTL (gipstolali listlar)*
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor
Pol
Shift
* faqat namlikka turg'un
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi Tsement
Maksimal fraksiya 0,63 mm
Qo'llash xususiyatlari
1 mm qatlamda 1 m2 ga aralashmaning sarfi 1,5 kg
Surtishning minimal qalinligi 2 mm
Qoplamaning tavsiya qilingan qalinligi 3 mm
Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi 45 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5° dan +35 °Cgacha
Qattiqlashuvdan keyingi xususiyatlar
Sovuqqa chidamlilik F 300
Qavatning 4 mm qalinligida suvga chidamlilik:
- siqib turishga
- uzilishga
min W12
min W8
Asos bilan birikish mustahkamligi (28 sutka o’tib) 2,0 MPadan kam emas
Yoriqlarni yopishga qobiliyat:
- armirlashsiz
- armirlash bilan
max 0,8 mm
max 1,0 mm
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik:
- himoyalanmagan yuzani
- yuza 20 mm qalinlikda ta'mirlash aralashmasi yoki beton bilan himoyalangan
+50 °С
+100 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Agressiv muhitlarda ishlov berilgan betonning ishlatilishi 5 < pH < 14
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
MO'LJALLANGANLIK
Beton konstruktsiyalarini yerosti suvlari, suyuq vositalar, dengiz suvi, karbonizatsiya va muzlab qolishga qarshi tuzlarning ta'siridan himoyalash uchun (QM28.13330.2012, 5.3.1-band).
Beton basseynlar, rezervuarlar va idishlarni, jumladan ichimlik suvli, hamda binolarni, imoratlarni (tashqi va ichki gidroizolyatsiay) gidroizolyatsiya qilish uchun qo'llaniladi.
YUZAKI GIDROIZOLYATSIYADA ASOSNI TAYYORLASH
Tayyorgarlik ishlarini o'tkazishdan avval Bergauf B-Isol Hydroplomba materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin.
Yuzani kirlardan va changdan, qavatlanayotgan eski qoplamamalardan va moyli dog'lardan tozalansin – asosga materialning adgeziyasini yomonlashtirishi mumkin bo'lgan barcha narsalardan. Betonli yuza tekis, mutlaqo toza va teshiklari ochiq bo'lishi kerak. Asosning mustahkamligi kamida M 150 bo'lishi kerak (siqilishga mustahkamlik – 15 MPa).
Suv purkagich apparat yordamida yuzani suv bilan yuvilsin, tavsiya etiluvchi bosim kamida 300 bar.
Mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlar olib tashlatsin.
Beton konstruktsiyalarining 0,5 mm dan ortiq kenglikdagi yoriqlari, “sovuq choklari” va tutashuvlari kengaytirilsin va gidroizolyatsion ishlarning o'tkazilguniga qadar kamida 3 sutka avval Bergauf B-Germel mahsuloti bilan to'ldirilsin.
Asosning nuqsonlari ta'mirlansin va yuza Bergauf B-Construct TX B30 yoki Bergauf B-Construct TX B55 ta'mirlash materiallari yordamida tekislansin (asosning mustahkamlik xususiyatlariga bog'liq holda).
Tosh va armotosh konstruktsiyalar, hamda pena beton va keramzitbeton asoslar uchun: terilgan choklarni 10-30 mm chuqurlikda eski aralashmadan tozalansin, namlantirilsin va Bergauf B-Plaster B25 material bilan to'ldirilsin.
Pena beton va keramzit betondan asoslar uchun: asos tayyorlangandan so'ng yuzani albatta changsizlantirilsin va yaxshilab namlantirilsin. Ishlarni o'tkazishdan avval yuzani Bergauf TIEFGRUNT gruntovkasi bilan pardozlash zarur.
GKL va GTL yuzalarni tayyorlash uchun (faqat suvga chidamli materiallarga taaluqli) yuzani kirlardan tozalash va changsizlantirish zarur. Tayyorlangan asos Bergauf TIEFGRUNT gruntovka bilan ishlov berilgan bo'lishi kerak. 2 marta pardozlash tavsiya etiladi. Takroriy surtishdan avval gruntovkaning birinchi qatlamini 1 soat davomida quritish zarur. Keyingi ishlarni 4 soatdan oldin o'tkazish lozim.
ARALASHMANI TAYYORLASH
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
Qo'llashdan avval quruq aralashmani 1 sutka davomida iliq xonada ushlab turish talab etiladi.
Diqqat! Suv sarflanishi havoning harorati va namligiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin. Aniq sarflanishni aniqlash uchun ozgina miqdorda namunali aralashtirishni qilish zarur.
MUHIM: aralashmani 45 daqiqa davomida qancha qo'llash zarur bo'lsa, uni teng shuncha tayyorlash kerak
Havo harorati +5-10 °C dan qorishtirish uchun suvni +25-30 °С gacha ilitilsin.
Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15 dan +20°С gacha) bilan eritilsin: quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi.
Surtishning suvash usulida suvning sarfi quyidagini tashkil qiladi:
aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,16-0,18 l;
aralashmaning 25 kgsiga – suvning 4-4,5 l.
Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2-4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak**.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
** Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
DIQQAT!
Bergauf B–Isol Up Elast 1K gidroizolyatsiyani quyidagilarga surtish taqiqlanadi
Quruq yuzaga
Suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga
Muzlab qolgan yuzalarga
ISHLASH TARTIBI
Surtish usuli: surtiluvchi, ingichka qatlamli surtish
Aralashmani 2-3 mm umumiy qalinlikda, kamida 2 qatlamda, qavatma-qavat surtish zarur.
Har bir qatlamning qalinligi – 1,5 mm dan ortiq emas.
Aralashmaning sarflanishi yuzaning sifatiga bog'liq.
Diqqat! Bir ishchi o'tishdagi katta sarflanishda tashqi yuzada qurish yoriqlari hosil bo'lish ehtimoli mavjud.
Uzilishga ishlovchi Bergauf B–Isol Up Elast 1Kni surtishda, gidroizolyatsion qatlamning umumiy qalinligi 3 mm bo'lishi kerak.
Birinchi qatlamni surtish: aralashmani mo'yqalamda asosga puxtalik bilan ishqalab surtish kerak.
Ikkinchi va keyingi qatlamlarning surtilishini qotib ulgurgan, ammo qurib qolmagan oldingi qavatning ustiga, oldingi qavatni surtishdan so'ng 4 soat o'tib amalga oshirish zarur. Ikkinchi va har bir keyingi qatlamni yotqizishda instrumentni oldingiga perpendikulyar bo'lgan holatda joylashtirish kerak.
Ikkinchi va keyingi qatlamlarni shpatel yoki mo'yqalamda surtish zarur.
Suritlgandan keyin kamida 7 sutka davomida yuzani to'g'ri quyosh nurlaridan, yomg'irdan, sovuqdan va mexanik shikastlardan himoyalansin.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur. Gidroizolyatsion qoplamning sifati:
qoplama tekis, o'tkazishlarsiz, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va buzilishlarsiz bo'lishi kerak;
materialning qavatlashishi va asosdan ajralib qolmasligi kerak.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.
Bergauf B–Isol Up Elast 1K gidroizolyatsiyali yuza quyidagilarga yaroqli:
Bergauf mahsulotlari bilan pardozlash va shpaklevkalash – 7 sutkadan so'ng;
har qanday bo'yoq bilan bo'yash – 14 sutkadan so'ng;
Bergauf yelimlari yordamida plitkaning barcha turlarini terishda – 7 sutkadan so'ng.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 14 oyni tashkil qiladi.
Saqlash uchun ruxsat etilgan harorat +5 °С dan +30 °С gacha. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishlariga yo'l qo'yilmasin.
Mahsulot TU 5745-001-71576152-2014 ga muvofiq keladi
DIQQAT
Material bilan ishlash texnologiyasiga rioya etmaslik, ushbu yo'riqnomada ko'zda tutilmagan maqsadlarda va sharoitlarda uning qo'llanilishi, hamda mahsulot tarkibiga begona komponentlar va moddalarni kiritish vaziyatida ishlab chiqaruvchi mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии