Gidroizolyatsiya Choklar tutashishlar yoriqlar bitishuvlar

Gidroizolyatsiya Choklar tutashishlar yoriqlar bitishuvlar

цена договорная

Звоните по телефону:

+998
...
Bergauf Uzbekistan

Дата последнего обновления: 15 июля, 2021

Поделиться:

B-Germel



Ta'rif: Choklar, tutashishlar, yoriqlar, bitishuvlar, kommunikatsiyalarning kiritilishlarini gidroizolyatsiyasi uchun aralashma**



Tarkibi: Tsement, fraktsion qum, armirlovchi tolalar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.



Asosiy xususiyatlari:



ASOS BILAN YUQORI BOG'LANISH DARAJASI

MAXSUS BOG'LOVCHI QOPLAMALARSIZ QO'LLANILADI

YUQORI NAMLIKDA QOTISH

OG'IRLIGI: 25 KG



*Ushbu mahsulotni qo?llash gidrotagliklarni qo?llashni bekor qilmaydi



Asosning turi

G'isht terish  

Beton, temir beton  

Tosh (jumladan xarsangtosh)  

Tsement styajka  

Tsementli, tsement-oxakli shtukaturka  

Beton halqalarning tutashuvlarini gidroizolyatsiyasi  

Ishlar sohasi

Namligi me'yorda bo'lgan xonalar  

Namligi yuqori bo'lgan xonalar  

Basseyn  

Yerto'lalar  

Tashqi ishlar - Fasad  

Tashqi ishlar - Tsokol  

Yuza

Devor  

Pol  

Shift**  

** Aralashmaning qo'llanilishi suvning minimal sarflanishida imkoniyatli

Mahsulotning xususiyatlari

Rangi  Kul rang

Bog'lovchi  Tsement

Maksimal fraksiya  1,25 mm

Qo'llash xususiyatlari

Aralashmaning sarflanishi. Quyidagi bo'ylama kesimli 1 m uzunlikda choklarni yoki shtroblarni germetizatsiyalash uchun quruq aralashmaning sarfi:  20х20 mm - 0,7 kg

30х30 mm - 1,6 kg

40х40 mm - 2,8 kg

Surtishning minimal qalinligi  5 mm

Surtishning maksimal qalinligi  35 mm

Surtishning maksimal qalinligi, shift yuzasi  25 mm

Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi  30 daq

Asosning haroratida ishlarni o'tkazish  +5° dan +35 °Cgacha

Qattiqlashuvdan keyingi xususiyatlar

Suvga chidamlilik bo'yicha marka  min. W14

Sovuqqa turg'unlik bo'yicha marka  min F300

Vaqt o'tgandan keyin siqilishdagi mustahkamlik:

- 24 soat

- 28 sutka  

min 9 MPa

min 25 MPa

Vaqt o'tgandan keyin asos bilan birikish mustahkamligi:

- 7 sutka

- 28 sutka  

min 1,2 MPa

min 2,0 MPa

Vaqtda bukilishdagi mustahkamlik

- 28 sutka  

min. 6,0 MPa

Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik  +120 °С

Ichimlik suv bilan aloqa  ha

Agressiv muhitlarda ishlatish  5 < pH < 14

Ishlatish harorati  -50 dan +70 °С gacha

MO'LJALLANGANLIK

Germetizatsiya va dengiz suviga, muzlatish eritish tsikllarining ko'p martalik galma-gallanishiga moyil bo'lgan temirbeton va tosh konstruktsiyalarda choklarni, bitishuvlarni, yoriqlarni to'ldirish.



Kommunikatsiyalarni kiritmalarini germetizatsiyalash uchun tavsiya qilingan, biroq gidrotagliklarni qo'llashni bekor qilmaydi.



ASOSNI TAYYORLASH

Ishlarni o'tkazishdan avval Bergauf B-Isol HYDROPLOMBA materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin.



Yuza g'adir-budur bo'lishi kerak.



Diqqat! silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi.



Yuzani tayyorlashda yuzaning yakuniy tozalanishini suv purkagich apparat yordamida suv bilan amalga oshirish zarur. Tavsiya qilinuvchi bosim 300 bar.



Yalang'ochlangan armaturalari bo'lgan maydonlarni tayyorlash:



armatura yalang'ochlanib qolgan vaziyatda uning atrofidagi betonni ochib yuborilsin va olib tashlansin:

20 mmdan kam chuqurlikka;

shikastlanish zonasining har bir hoshiyasidan 50 mmga;

armatura maydonlari va bo'rtib chiqib turgan qismlarni zangdan va oksidlanishdan tozalansin;

armaturaning 30 %dan yuqori korroziyasida, armaturani almashtirish zarur.

Armaturasi yalang'ochlangan maydonlarni tayyorlash bo'yicha barcha ishlarni QM 28.13330.2012 bilan muvofiqlikda amalga oshirish zarur.



Germetizatsiyadan avval yuzani suv bilan yaxshilab namlantirilsin (aralashmani surtishgacha 15 daq.dan kechiktirmasdan). Siqilgan havo yoki mato yordamida ortiqcha suvni olib tashlansin.



Chok va tutashuvni tayyorlash

Choklarni yoki biriktiruv joyida konstruktsiya elementlarini ta'mirlashda, bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan yuzalarni tutashtirish uchun 20° burchak ostida va gorizontal va vertikal yuzalarda choklar uchun 90° burchak ostida 20 mmdan kam bo'lmagan chuqurlikda mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan olib tashlansin. Butun uzunlik bo'yicha biriktiruv joyida shtrobaning o'lchami 20 X 20 mmdan kam bo'lmasligi kerak, shtrobaning hoshiyalarini “qaldirg'och dumi” shaklida chopib qo'yish zarur.



Yoriqlarni tayyorlash

Yoriqdan 50 mm masofada ikki tomonga mustahkam bo'lmagan va bo'shashtirilgan maydonlarni mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan olib tashlansin.



Yoriqni butun uzunlik bo'ylab kengaytirilsin. Shtroba uzunligi ikkala tomonga 50 mmga kattaroq bo'lishi kerak.Shtrobaning o'lchami 20 X 20 mmdan kam emas. Shtrobaning hoshiyalarini “qaldirg'och dumi” shaklida chopib qo'yilsin.



ARALASHMANI TAYYORLASH

Suvning zaruriy miqdori bilan aralashtirishda ta'mirlanuvchi asosga nisbatan yuqori darajadagi adgeziya bilan kirishmaydigan tiksotrop aralashmani hosil qiladi.



Quruq aralashmaning miqdori sarflanuvchi materialga muvofiq ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.



Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.



MUHIM: tayyorlangan aralashmani aralashtirish paytidan 30 daqiqa davomida qo'llash zarur



Havo harorati +5–10 °С da qorishtirish uchun suvni +30 °С gacha ilitilsin.



Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15 °С dan +20 °С gacha) bilan eritish: Quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi.

Suv sarf quyidagini tashkil qiladi:

aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,16–0,17 l;

aralashmaning 25 kgsiga – suvning 4,0–4,25 l.

Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2–4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak****.

Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.

Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.

Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.

**** Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.



DIQQAT!



Bergauf B-Germel gidroizolyatsiya uchun aralashmani quyidagi yuzalarga surtish taqiqlanadi:



quruq yuzaga;

suvning faol sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga;

muzlab qolgan yuzalarga;

ikkinchi aralashtirishdan so'ng 30 daqiqa o'tib aralashmani qo'llash taqiqlanadi.

ISHLASH TARTIBI

Tayyor aralashma bilan tayyorlab qo'yilgan chok yoki shtroblar qo'lda, shpatel yoki masterka yordamida to'ldiriladi. Aralashmani 5 mmdan kam bo'lgan qalinlikda surtish taqiqlanadi.



Vertikal yuzaga bir vaqtda surtiluvchi qatlamning qalinligi, opalubkani qo'llamasdan, 5dan 35 mmgachani tashkil qiladi. 35 mmdan yuqori qalinlikda, aralashmani qavatma-qavat surtish zarur.



Keyingi qatlamlarning yaxshi adgeziyasini olish uchun, har bir oldingi qatlamning yuzasini, masalan, shpatelning qirrasi bilan qotib ulgurmagan aralashmaga chekmalar qo'yish yo'li bilan, g'adir-budur qilish tavsiya etiladi.



Ikkinchi va keyingi qatlamlarni oldingi qatlamni surtishdan so'ng 1,0–1,5 soat o'tib surtish mumkin.



Qatlamlarni surtish orasidagi 2 sutkadan ortiq uzoq muddatli tanaffusda, yuzaga metal cho'tkada ishlov berish va yaxshiab namlantirish zarur bo'ladi.



Materialni havo harorati +5 °С dan +35 °С gacha bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi.



Ushbu yo'riqnomada qo'llash bo'yicha tavsiyalar o'rtacha berilgan va +10 °С dan +25 °С gacha bo'lgan havo harorati uchun taqdim etilgan.*5



+5 °С dan +10 °С gacha haroratda mustahkamlik to'planishini tezlashtirish uchun:



quruq aralashmani qo'llashdan avval kamida 1 sutka davomida, +15 °С – +25 °С haroratda, iliq xonada saqlab turish;

eritish uchun +30 °С haroratdagi suvni qo'llash;

ta'mirlanuvchi yuzani ishlarni boshlashdan avval isitish, issiq suv yordamida isitish ehtimoli mavjud.

** +25 °С dan yuqori haroratda ushbu parametrlarga yuqori haroratni ta'sirini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:



quruq aralashmani salqin joyda saqlash;

eritish uchun sovuq suvni qo'llash;

bevosita ishlarni boshlashdan avval yuzani sovuq suvda yuvib salqinlashtirish;

ishlarni sutkaning salqin vaqtida bajarish;

yangi surtilgan aralashmani qurib qolishdan va to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalash tavsiya qilinadi.

Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur.



Bunda yuza ko'rinishi bo'yicha bir xil zichlikda, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va qavatlashishsiz bo'lishi kerak, materialning qavatlashib ajralishi va asosdan qatlamlab ko'chishi bo'lishi kerak emas.



Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.



DIQQAT!



Surtishdan so'ng aralashmani 12–16 soatdan kam bo'lmagan vaqtda nam sharoitlarda saqlash zarur, buning uchun 3–4 soat oraliqda yuzaning ko'p martalik namlantirilishi amalga oshirilishi kerak. Surtishdan so'ng ayniqsa quruq va issiq ob-havoda suvning tez parlanib ketishidan yuzani plyonka bilan himoyalash tavsiya qilinadi.



Diqqat! yuzaning qurib qolishiga yo'l qo'ymasin, uni to'g'ri quyosh nurlaridan, shamoldan, yomg'irdan, ayozdan saqlansin, mexanik shikastlanishlardan asralsin.



Bergauf B-Germel surtilgandan so'ng yuza quyidagilar uchun yaroqli:



suvoqlash va shpaklevkalash – 3 sutkadan so'ng;

barcha turdagi plitkalarni yotqizish – 3 sutkadan so'ng;

pollarni tuzish – 3 sutkadan so'ng;

organik kelib chiqqan aralashmalarni qo'llash – 10 sutkadan so'ng;

Yuzaning keyingi ishlov berilish vaqti betonning masimal ruxsat etilgan namligiga pardozlash materialining aniq turini surtish va talablari shartlariga bog'liq holda qisqartirilishi yoki oshirilishi mumkin.



XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.



SAQLANISHI

Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 18 oyni tashkil qiladi.



Saqlash uchun ruxsat etilgan harorat -30 °С dan +50 °С gacha. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishlariga yo'l qo'yilmasin.



YUKLAB TASHISH

Aralashmalar yopiq turdagi transportning barcha turlarida yuklab tashiladi.



DIQQAT! choklarning, tutashish joylari, teginishlarni gidroizolyatsiyasi, kommunikatsiyalarni kiritishlari bo’yicha barcha ishlar qo'llaniluvchi materiallar va ish sohalarining o'ziga xosligiga bog'liq holda tizimda boshqa gidroizolyatsion materiallar bilan o'tkaziladi.



BergaufB-Germel yordamida maydonlarni samarali gidroizolyatsiyasi uchun shu bilan birga Bergaufning boshqa mahsulotlarini qo'llash zarur: B-Isol Hydroplomba, B-Isol HYDRO, B-Isol HYDROISOTRON, B-Isol HYDROPROOF va boshqalar.



Mahsulot GOST 31357-2007ga muvofiq keladi. F300 Gost 31357-2007 eruvchan mayda donali gidroizolyatsion yuzaki qo'lda surtiladigan quruq aralashma.



DIQQAT! Ishlarni amalga oshirish va mahsulotni qo'llashning xususiyatlari har bir holatda farq qiladi. Texnik tavsiflanishlarda faqat qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar taqdim etilgan.



Iste'molchi materialni noto'g'ri qo'llagani uchun mustaqil ravishda javobgarlikni olib boradi.



Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun Bergauf texnik mutaxassislariga murojaat qilish lozim bo'ladi.

Организация:

Bergauf Uzbekistan

Описание:

Мир изоляционных материалов



- Диоксид титан



- гидроизоляционные материалы



-гидроизоляционный материал проникающего действия



-Ремонтные материалы



-Инъекционные материалы



-теплоизоляционная краска-термос



-полиуретановые герметики



-гидрофобизаторы



-очистители фасадов



-жидкая резина



-фасадные панели



-террасная доска из пластика



-виниловый ламинат



-Огнезащитные материалы и. т. п.







Мир индустриальных и моторных маслел



-Маторные масла



-Компрессорные масла



-Комерчисные масла



-Индустриальные масла



-Потребительсные масла















Услуги по гидроизоляции с гарантии.







-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;



-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;



-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;



-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;



-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.

Адрес:

район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа

Телефон:

+998
...
Комментарии
Оценка:
Комментарий будет опубликован после проверки модератором

Похожие предложения от Bergauf Uzbekistan

Жидкая резина эмульсия битумно-полимерная BITUMFLEX 1K
Жидкая резина эмульсия битумно-полимерная BITUMFLEX 1K

Категория:

Обмазочные гидроизоляционные материалы

Поставщик:

Bergauf Uzbekistan

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно
Скрепа М600 инъекционная смесь сухая тонкодисперсная
Скрепа М600 инъекционная смесь сухая тонкодисперсная

Категория:

Инъекционные гидроизоляционные материалы

Поставщик:

Bergauf Uzbekistan

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно
Битумно - каучуковая гидроизоляция RBS 300
Битумно - каучуковая гидроизоляция RBS 300

Категория:

Обмазочные гидроизоляционные материалы

Поставщик:

Bergauf Uzbekistan

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно
Проникающая гидроизоляция для бетонных конструкций  ISOTRON
Проникающая гидроизоляция для бетонных конструкций ISOTRON

Категория:

Обмазочные гидроизоляционные материалы

Поставщик:

Bergauf Uzbekistan

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно

Похожие предложения от других продавцов

Рулонный материал СТЕКЛОГИДРОИЗОЛ СПП 3.6
Рулонный материал СТЕКЛОГИДРОИЗОЛ СПП 3.6

Категория:

Рулонные и листовые гидроизоляционные материалы

Поставщик:

Aiga Trust Investment

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно
Конструкционная скрепа М 700
Конструкционная скрепа М 700

Категория:

Сухие гидроизоляционные материалы

Поставщик:

OOO "МИР ИЗОЛЯЦИОННЫХ МАТЕРИАЛОВ"

Телефон:

+998

...

21 500 сум / кг

Подробно
Композит (1 геотекстиль/1 мембрана) (200г/м2/0,2мм)
Композит (1 геотекстиль/1 мембрана) (200г/м2/0,2мм)

Категория:

Гидроизоляционные материалы

8 694 сум

Подробно
Фольгоизол "Boriyflex" 3мм
Фольгоизол "Boriyflex" 3мм

Категория:

Рулонные и листовые гидроизоляционные материалы

Поставщик:

"BORIY" ЧП

Телефон:

+998

...

цена договорная

Подробно

© 2005-2020 Stroyka.uz. Все права защищены.