Предварительно напряженные. вибрирующие железобетонные опоры серии СВ являются основным элементом при обслуживании и реконструкции воздушных линий электропередачи напряжением до 0.4-35 кВ и. благодаря своей прочности. коррозионной стойкости. устойчивости к холодному (-55°C) воздуху и влаге. виброустойчивости (до 9 точек). устойчивости к стихийным бедствиям – ветровому давлению. а также отсутствию необходимости в ремонте и техническом обслуживании. остаются важным железобетонным изделием в современном строительстве. Изделие спроектировано на основе ДСТ 3062:2016 и в соответствии с установленными рабочими чертежами и требованиями.
Организация:
Rivoj98
Описание:
"Rivoj-98" xususiy korxonasi – taraqqiyot va sifat timsolі
Bunyodkorlik inson tabiʼatiga xos fazillatdir. Binolarni barpo etish, keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirish, oʻzini namoyon qilish istagі insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismidir. Yillar, oʻn yilliklar davomida betinim mehnat evaziga ajoyib binolar qad rostlamoqda, korxonalar ishga tushirilmoqda va yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Aynan shunday keng koʻlamli biznes loyihalar qatorida "Rivoj-98" xususiy korxonasining tashkil etilishi ham oʻz oʻrnini egalladi. "Rivoj-98" xususiy korxonasi oʻz faoliyatini 1998 yilda Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida boshlagan. Korxona oʻz oldiga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali "Rivoj-98" milliy brendini xalqaro darajaga olib chiqish, eng zamonaviy uy-joy va ijtimoiy obʼyektlarni sifatli temir-beton mahsulotlari bilan taʼminlash, yuqori qavatli binolar, uylar, zavodlar, fabrikalar, kottejlar, mehmonxonalar va restoranlarni barpo etishda sifatli temir-beton mahsulotlarini yetkazib berishni maqsad qilib qoʻygan.
Kompaniya haqida qisqacha maʼlumot
1998 yilda Mamadaliyev Mahamadali Rahmonovich tashabbusi bilan "Rivoj-98" xususiy korxonasi tashkil etildi. Korxona oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida elektr montaj sohasida ish yuritgan. Faoliyatni kengaytirish maqsadida 2013 yildan boshlab "Rivoj-98" xususiy korxonasi tarkibida elektr sim yogʻochlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 2017 yildan eʼtiboron esa pol qoplamalari, yaʼni beton plitalar ishlab chiqarish boshlangan.
Dastlab korxonada 6 nafar xodim mehnat qilgan boʻlsa, bugungi kunda ishchi-xodimlar soni 30 nafarga yetgan. Ulardan 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Kompaniyaning asosiy tamoyili – "professionallik va sifat". Korxonada tajribali quruvchilar, muhandislar, arxitektorlar va yuqori malakaga ega mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda ortmoqda. Kun sayin chiroy ochib borayotgan shaharlar, aholini ish bilan taʼminlash va ishlab chiqarishning turli yoʻnalishlarida faoliyat yuritish ham bilim, ham malaka talab etadi. Ana shunday tajribaga ega boʻlgan "Rivoj-98" xususiy korxonasi mamlakatimizda oʻz nufuziga ega kompaniyalardan biri hisoblanadi.
"Rivoj-98" – Fargʻona va Fargʻona vodiysidagi eng yirik temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biri.
Kompaniya oʻzini ishonchli sherik sifatida namoyon etib, belgilangan vazifalarni aniq va oʻz vaqtida professional darajada bajarib kelmoqda. Korxona xodimlari samaradorlik, yuqori tashkilotchilik va mijozlarning talablariga tezkorlik bilan javob berishga shay ekanligini namoyon etmoqda.
Bugungi kunda korxonada rejalashtirish bosqichida bir qator yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Demak, yaqin keljakda "Rivoj-98" xususiy korxonasi jamoasining yangi muvaffaqiyat va yutuqlariga guvoh boʻlamiz, degan umiddamiz!
Rivoj-98 temir beton mahsulotlari
Kompaniyamiz quyidagi yuqori sifatli temir beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi:
Temir beton plitalar - turli oʻlchamlarda pol qoplamalari
Elektr oporalari - elektr uzatish liniyalari uchun
Stalba va ustunlar - qurilish konstruksiyalari uchun
Fundament bloklari (FBS) - bino asoslari uchun
Beton mahsulotlari - turli qurilish ishlari uchun
Barcha mahsulotlar davlat standartlari (GOST) talablariga toʻliq javob beradi va yuqori sifat nazoratidan oʻtadi.
Nima uchun Rivoj-98 ni tanlash kerak?
✓ 25+ yillik tajriba
1998 yildan beri bozorda ishonchli hamkor
✓ Yuqori sifat kafolati
Barcha mahsulotlar GOST standartlariga muvofiq
✓ Professional jamoa
Tajribali muhandis va mutaxassislar
✓ Tez yetkazib berish
Fargʻona vodiysi boʻylab yetkazib berish xizmati
Режим работы:
Режим работы:24/7
Адрес:
51-uy, Farg'ona tuman Yuqori vodil tuman Farg'ona Viloyati UZ, Nurafshon ko'chasi, 150401, Farg`ona
Телефон:
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998993933940
Комментарии