Farkop – tortuvchi-bo’glovchi qurilma bo’lib, yengil avtomobilni О₁ turkumli (tormoz tizimisiz tirkama), to’liq massasi 750 kg va О₂ turkumli (tormozli tirkama) to’liq massasi 1500 kg toifadagi tirkama bilan mustaxkam ulash uchun mo’ljallangan.
Har bir avtomobil markasining o’ziga xos Farkoplariga ega bo’lib, avtomobil korpusiga ulashning konstruksiyali maxsus nuqtalarga farkop kronshteynlar avtomobil kuzoviga qotiriladi. Odatda, buning uchun bagaj bo’limi tagiga kuchli lonjeronlar qotirilinadi.
Farkopni o’rnatishda avtomobilning bamper konstruksiyasining yaxlitligini buzishga yo’l qo’yilmaydi.
Farkopning barcha ulanishlari faqat lonjeron teshiklarning minimal ochilishi bilan qotiriladi.
Farkopning ulangan uzeli maxus bardoshli po’latdan yasalgan va kalibrlangan bo’lib, uning diametri 50 - 0.1mm bo’ladi.
Qattiq gorizontal tirkama ulanishi uchun shar yo'l tekisligidan 400 +30 mm balandlikda bo'lishi kerak.
Sertifikatlashtirllgan maxsus tirkamaning to’la og’irligi 750 kg , avtomobilga 75 kg dan ortiq bo’lmagan vertikal og’irlik yaratilmasligi kerak.
Farkop shariga ruxsat etilgan maksimal gorizontal dinamik og’irlik - 1500 kg.
Farkopni o’rnatishda montaj orqali 7 kontaktli maxsus elektr ulagich qayrilish, to’xtash va tuman chiroqlarini ko’rsatish uchun o’rnatiladi.
Farkopni o’rnatish murakkab va ma’suliyatli texnik operatsiya bo’lib, uni ixtisoslashtirilgan servis markazlarda yuqori malakali mutaxasisslar bajarishi lozim.
Yodda tuting, noto’g’ri konstruksiyalangan farkop yoki belgilangandan ortiq yuklanish jiddiy baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun «ARKUZ» korxonasi mutaxassisi raqamigs murojaat qiling.
Организация:
Arkuz
Адрес:
Usta Shirin106
Телефон:
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
998946698868
Комментарии