Yuqori elastik polimertsementli ikki komponentli gidroizolya
цена договорная
×
B-Isol Up Elast 2K
Ta'rif: Yuqori elastik polimertsementli ikki komponentli gidroizolyatsiya.
Tarkibi: Birichni komponent: tsement, mineral to'ldirgich, armirlovchi to'qima va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar. Ikkinchi komponent: elastifikator.
Asosiy xususiyatlari:
ASOSGA YUQORI ADGEZIYA
KIRISHMAYDIGAN
MIKROYORIQLAR HOSIL BO'LISHINI OLDINI OLADI
SOVUQQA TURG'UN
OG'IRLIGI: QOP 25 KG KANISTRA 10 L
Qo'llash sohasi
Texnik xususiyatlari
Ko'rsatmalar
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Pena beton va undan konstruktsiyalar
Keramzit beton va undan konstruktsiyalar
Tsement styajka
Tsementli, tsement-oxakli shtukaturka
GKL (gipskarton listlar) va GTL (gipstolali listlar)*
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor
Pol
Shift
* faqat namlikka turg'un
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi (birinchi/ikkinchi komponent) Tsement/elastifikator
Maksimal fraksiya 0,63 mm
Elastifikatorning zichligi 1,03 ± 0,03 kg/dm3
Qo'llash xususiyatlari
1 mm qatlamda 1 m2 ga aralashmaning sarfi 1,5 kg
Surtishning minimal qalinligi 1,5 mm
Qoplamaning tavsiya qilingan qalinligi 3 mm
Bir o'tishda surtiladigan qatlamning qalinligi 0,8 - 1,5 mm
Ochiq tarada tayyor aralashmaning hayotiyligi 30 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5° dan +25 °Cgacha
Surtilgandan so'ng beton xususiyatlarining o'zgarishi
Sovuqqa chidamlilik F 300
Qavatning 3 mm qalinligida suvga chidamlilik:
- siqib turishga
- uzilishga
min W14
min W8
Asos bilan birikish mustahkamligi (28 sutka o’tib) 2,0 MPadan kam emas
Yoriqlarni yopishga qobiliyat
- armirlashsiz
- armirlash bilan
max 1,2 mm
max 2,0 mm
GOST 25898 bo'yicha parga chidamlilik koeffitsiyenti, mg/(m*ch*Pa) 0,009
Suv parining o'tkazuvchanligi Sd < 5 m (Klass I)
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik:
- himoyalanmagan yuzani
- yuza 20 mm qalinlikda ta'mirlash aralashmasi yoki beton bilan himoyalangan
+50 °С
+100 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Agressiv muhitlarda ishlov berilgan betonning ishlatilishi 5 < pH < 14
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
MO'LJALLANGANLIK
Beton konstruktsiyalarini yerosti suvlari, suyuq vositalar, dengiz suvi, karbonizatsiya va muzlab qolishga qarshi tuzlarning ta'siridan himoyalash uchun (QM28.13330.2012, 5.3.1-band).
Ahamityasiz deformatsiyaga uchraydigan gidrotexnik inshootlar, beton basseynlar, rezervuarlar va idishlarni, jumladan ichimlik suvli, hamda binolarni, imoratlarni (tashqi va ichki gidroizolyatsiay) gidroizolyatsiya qilish uchun qo'llaniladi.
YUZAKI GIDROIZOLYATSIYADA ASOSNI TAYYORLASH
Tayyorgarlik ishlarini o'tkazishdan avval Bergauf B–Isol Hydroplomba materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin.
Yuzani kirlardan va changdan, qavatlanayotgan eski qoplamamalardan va moyli dog'lardan tozalansin – asosga materialning adgeziyasini yomonlashtirishi mumkin bo'lgan barcha narsalardan. Betonli yuza tekis, mutlaqo toza va teshiklari ochiq bo'lishi kerak.
Suv purkagich apparat yordamida yuzani suv bilan yuvilsin, tavsiya etiluvchi bosim kamida 300 bar.
Mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlar olib tashlatsin.
Asos nuqsonlari, beton konstruktsiyalarining 0,5 mm dan ortiq kenglikdagi yoriqlari, “sovuq choklari” va tutashuvlari kengaytirilsin va gidroizolyatsion ishlarning o'tkazilguniga qadar kamida 3 sutka avval Bergauf B Germel mahsuloti bilan to'ldirilsin.
Asosning mustahkamligi kamida M 150 bo'lishi kerak (Siqilishga mustahkamlik – 15 MPa).
Asosning boshqa nuqsonlari ta'mirlansin va yuza Bergauf B Construct TX B30 yoki Bergauf B Construct TX B55 ta'mirlash materiallari tizimi yordamida tekislansin.
Tosh va armotosh konstruktsiyalar, hamda pena beton va keramzitbeton asoslar uchun: terilgan choklarni 10-30 mm chuqurlikda eski aralashmadan tozalansin, namlantirilsin va Bergauf B-Plaster B25 material bilan to'ldirilsin. Asosning boshqa nuqsonlari ham Bergauf B-Plaster B25 materiali yordamida ta'mirlansin.
Pena beton va keramzit betondan asoslar uchun: asos tayyorlangandan so'ng yuzani albatta changsizlantirilsin va beton asoslarga adgeziyani oshiruvchi aralashma bilan pardozlansin. Gruntlash uchun materiallarni qo'llashda qadoqdagi yo'riqnomaga muvofiq qat'iy amal qilish.
GKL va GTL yuzalarni tayyorlash uchun (faqat suvga chidamli materiallarga taaluqli) yuzani kirlardan tozalash va changsizlantirish zarur. Tayyorlangan asos Bergauf TIEFGRUNT gruntovka bilan ishlov berilgan bo'lishi kerak. 2 marta pardozlash tavsiya etiladi. Takroriy surtishdan avval gruntovkaning birinchi qatlamini 1 soat davomida quritish zarur. Keyingi ishlarni 4 soatdan oldin o'tkazish lozim.
ARALASHMANI TAYYORLASH
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
Qo'llashdan avval quruq aralashmani 1 sutka davomida iliq xonada ushlab turish talab etiladi.
Diqqat! Quruq aralashmani elastifikator bilan aralashtirish zarur!
MUHIM: aralashmani 30 daqiqa davomida qancha qo'llash zarur bo'lsa, uni teng shuncha tayyorlash kerak
DIQQAT! ERITISH UCHUN SUV ISHLATILMASIN
Aralashmani quyidagi proportsiyada elastifikator (+15 dan +20 °С gacha) bilan eritilsin:
quruq aralashmani asta-sekin elastifikatorga qo'shiladi. Elastifikator miqdori va aralashmaning miqdorini sarflanish bo'yicha ma'lumotlar bilan muvofiqlikda oldindan o'lchash zarur:
1 kg aralashmaga 0,4 l elastifikator;
10 l kanistraga – 25 kg aralashma.
Aralashmani elastifikatorga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2-4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak**.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Aralashmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga elastifikator yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
** Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
DIQQAT!
Bergauf B–Isol Up Elast 2K gidroizolyatsiyani quyidagilarga surtish taqiqlanadi
Quruq yuzaga
Suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga
Muzlab qolgan yuzalarga
ISHLASH TARTIBI
Birinchi qatlamni surtish: aralashmani mo'yqalamda asosga puxtalik bilan ishqalab surtish kerak.
DIQQAT! 0,5 dan 2 mm gacha yoriqlarning ochilish ehtimolli, dinamik va issiqlik yuklamalariga moyil bo'lgan yuzalar uchun gidroizolyatsion qatlamni armirlash tavsiya qilinadi. Armirlash hozirgina surtilgan birinchi qatlamga to'rni “cho'ktirish” yo'li bilan amalga oshiriladi. Armirlash uchun 5 x 5 mm katakli ishqorlarga turg'un shishato'rning qo'llanilishi tavsiya qilinadi.
Birikishlar, burchaklar va tutashishlar uchun Bergauf HYDROLENTA gidroizolyatsion tasmadan foydalanish tavsiya etiladi. Yangi surtilgan Bergauf B–Isol Up Elast 2K aralashmasiga birikish/burchak bo'ylab gidroizolyatsion tasmani yotqizing. Aralashmani surtilish zonasi yopishtirilayotgan tasmaning kengligidan bir necha santimetrga kengroq bo'lishi kerak.
Gidroizolyatsion tasma to'rli asosi bilan pastga qaratib shunday tarzda yotqizilsinki, u chokni (birikishni) to'liq yopsin.
Barcha havo “puffakchalarini” olib tashlash uchun Bergauf HYDROLENTA gidroizolyatsion tasmani silliq metal/plastik shpatel yoki valik bilan bosib kiriting. Deformatsiyalangan choklarda Bergauf HYDROLENTA gidroizolyatsion tasmani “omega” sirtmog'i shaklida joylashtirish zarur. Bergauf B–Isol Up Elast 2K gidroizolyatsiyaning keyingi qatlamini elastomerning ustiga ozgina chiqish bilan tasmaning perforatsiyalangan hoshiya qismi ustiga uning o'rta qismi qoplanmagan holatda qolishi uchun shunday yotqiziladi.
Ikkinchi va keyingi qatlamlarning surtilishini qotib ulgurgan, ammo qurib qolmagan oldingi qavatning ustiga, oldingi qavatni surtishdan so'ng 2 soat o'tib amalga oshirish zarur. Ikkinchi va har bir keyingi qatlamni yotqizishda instrumentni oldingiga perpendikulyar bo'lgan holatda joylashtirish kerak.
Ikkinchi va keyingi qatlamlarni shpatel yoki mo'yqalamda surtish zarur.
Surtilgandan so'ng kamida 7 sutka davomida yopiq xonalarda yuqori namlikda, idishlarda va hokazolarda yuzada kondensatni to'planib qolishiga yo'l qo'ymasdan shamollatishni tashkil etish, yuzani to'g'ri quyosh nurlaridan, yomg'irdan, ayozdan va mexanik shikastlanishlardan himoyalash zarur.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur. Gidroizolyatsion qoplamning sifati:
qoplama tekis, o'tkazishlarsiz, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va buzilishlarsiz bo'lishi kerak;
materialning qavatlashishi va asosdan ajralib qolmasligi kerak.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak
Bergauf B–Isol Up Elast 2K gidroizolyatsiyali yuza quyidagilarga yaroqli:
Bergauf mahsulotlari bilan pardozlash va shpaklevkalash – 7 sutkadan so'ng;
har qanday bo'yoq bilan bo'yash – 14 sutkadan so'ng;
Bergauf yelimlari yordamida plitkaning barcha turlarini terishda – 7 sutkadan so'ng.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.
Qoplarni va kanistralarni yopiq zavod qadog'ida, +5 °С dan va +25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda va havo namligi 70% dan ortiq bo'lmagan xonada saqlansin.Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmasin. Qoplar va kanistralarni +5 °С dan va +25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda yopiq zavod qadog'ida yuklab tashilsin. Mahsulotli kanistralarni haddan ziyod qizib ketishdan himoyalash va to'g'ri quyosh nurlari ostida yuklab tashishdan saqlash, muzlab qolishga yo'l qo'ymaslik lozim bo'ladi.
Mahsulot TU 5745-001-71576152-2014 ga muvofiq keladi
DIQQAT
Material bilan ishlash texnologiyasiga rioya etmaslik, ushbu yo'riqnomada ko'zda tutilmagan maqsadlarda va sharoitlarda uning qo'llanilishi, hamda mahsulot tarkibiga begona komponentlar va moddalarni kiritish vaziyatida ishlab chiqaruvchi mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии