Компания КНАУФ порадовала жителей Узбекистана нестандартными мероприятиями ко Дню строителя

01 августа 2018

 

Впервые празднование профессионального праздника вышло за пределы строительной сферы и включило в себя яркий элемент изобразительного искусства. В столице в честь Дня работников сферы строительства был реализован грандиозный проект, призванный продемонстрировать, насколько самобытным и запоминающимся может быть синтез ремонта и искусства. В регионах праздничные мероприятия длились целую неделю с 6 по 12 августа.

Компания КНАУФ второй год подряд организует масштабные поздравления жителей Узбекистана. Активная часть столичных мероприятий прошла в ташкентских парках. Дети с удовольствием мастерили и раскрашивали поделки на творческих мастер-классах, а взрослые — учились правильно крепить гипсокартон.

 

— Изначально мы планировали завершить парковую программу в 20:00, но людям так понравилось, что в Central Park мероприятие продлили до 21:30. Удивительно, но в работе с шуруповертом особенно активными оказались девушки. В итоге стены обзавелись не только составленными из гипсокартона словами, но и декоративными элементами, — рассказала ведущий менеджер по рекламе ИП ООО «КНАУФ ГИПС БУХАРА» Хилола Якупова.

В торгово-развлекательных центрах компания КНАУФ с успехом провела необычную акцию «Ремонт как искусство». Актеры театра Марка Вайля «Ильхом» Ян Добрынин, Юлия Плакида и Светлана Назруллаева вместе с командой художницы Надежды Риксиевой (Hope Rixieva) успешно воплотили в жизнь восточные шедевры Бобура Исмаилова. Посетители торговых центров получили возможность почувствовать себя частью таких работ мастера, как «Профиль» (ТРЦ Next), «Мечтатель» (ТРЦ Samarqand Darvoza) и «Аквариум» (ТРЦ Parus).

Живые инсталляции получили высокую оценку Бобура Исмаилова, который приехал лично осмотреть работу команды КНАУФ.

 

— То, что для проекта «Ремонт как искусство» были выбраны мои работы – это честь. Я вижу замечательную идею и отличное воплощение, которые станут хорошим примером для других компаний. Будущее именно за этим: яркими лицами компаний и креативными идеями. Поздравляю с праздником всех строителей! — сказал Бобур Исмаилов.


Праздничные мероприятия по традиции не ограничились столицей и прошли по всем регионам. Брендированные грузовые автомобили проехали с поздравительной программой через всю республику. День строителя запомнился жителям насыщенной и интересной программой. Самыми активными и благодарными зрителями оказались дети. Они с удовольствием участвовали в танцевальных флэшмобах и боролись за призы в интеллектуальных викторинах. Главным героем вечера во всех городах становился фокусник, удивляющий публику своим мастерством.


— Мы проехали одиннадцать городов, и в каждом команду КНАУФ ждал теплый и радушный прием. Люди искренне радовались представлению, а после подходили сфотографироваться с фокусником и ведущим. Наши дети очень талантливые, мы в этом убедились во время танцевальных конкурсов. Вы бы видели, какой танец исполнили зрители в Джизаке! — делятся впечатлениями от поздравительного турне организаторы.


День работников сферы строительства, проведенный компанией КНАУФ, оставил множество впечатлений и немного статистики.

 

Справка:

Указом Президента «О праздновании дня работников сферы строительства Республики Узбекистан» от 07.08.2017 года второе воскресенье августа было объявлено Днем работников строительства. Целью установления профессионального праздника является «ускорение осуществляемых в республике строительных и созидательных работ, широкая пропаганда успехов, достигаемых в сфере строительства, и стимулирование специалистов». 21.12.2017 был подписан Закон «Об установлении Дня работников сферы строительства Республики Узбекистан».

 

О компании КНАУФ:

КНАУФ – международная компания, основанная на принципах семейного бизнеса и сумевшая сохранить эти ценности несмотря на глобальный масштаб деятельности. Сегодня международная группа КНАУФ является одним из крупнейших производителей стройматериалов в мире. В 1993 году началась инвестиционная деятельность КНАУФ в России, затем приобретались и создавались предприятия в Украине, Казахстане, Узбекистане, Азербайджане и Грузии. Маркетинговая деятельность распространилась практически на все страны СНГ, Грузию и Монголию. Предприятия КНАУФ в странах СНГ оснащены современным оборудованием, используют единую для всей международной группы технологию производства и выпускают строительные материалы высшего качества. Стандарты качества являются едиными как для предприятий КНАУФ в Германии, так и для стран СНГ.

Подробную информацию о группе КНАУФ в Узбекистане, странах СНГ и в мире, вы можете найти на сайтах www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com.

 

 

KNAUF kompaniyasi Quruvchilar kunida kutilmagan tadbirlar bilan O‘zbekiston aholisini mamnun qildi

Ilk bor kasb bayramini nishonlash qurilish sohasidan tashqariga chiqdi va tasviriy san’atning yorqin elementlarini o‘z ichiga oldi. Poytaxtda Qurilish sohasi xodimlarining kuni sharafiga ta’mirlash va san’atning sintezi qanchalik esda qolarli va betakror bo‘lishini namoyon qilishga qaratilgan ulkan loyiha amalga oshirildi. Viloyatlarda esa bayram tadbirlari butun hafta 6 dan 12 avgustgacha davom etdi.

KNAUF kompaniyasi mana ikkinchi yildirki O‘zbekiston aholisi uchun keng ko‘lamli bayram tadbirlarini tashkil etib kelmoqda. Poytaxtdagi tadbirlarining asosiy qismi Toshkentdagi bog‘larda o‘tkazildi. Bolalar ishtiyoq bilan ijodiy maxorat darslarida o‘zlari yasagan narsalarini bo‘yadilar, kattalar esa gipskartonni to‘g‘ri mahkamlashni o‘rganib oldilar.

— Avvaliga biz bog‘lardagi tadbirlarini 20:00 da yakunlashni rejalashtirgan edik, ammo aholiga bu kabi mashg’ulotlar shu qadar manzur keldiki, natijada Central Parkdagi tadbirni 21:30 gacha uzaytirdik. Shunisi e’tiborliki, shurupovyort bilan ishlashda qizlar ayniqsa faol bo’ldilar. Natijada devorlar nafaqat gipskartondan tuzilgan so‘zlar, balki manzarali elementlarga ham ega bo‘ldi, — deydi “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK reklama bo‘yicha yetakchi menejeri Hilola Yakupova.

Savdo-ko‘ngil ochar markazlarda KNAUF kompaniyasi katta muvaffaqiyat bilan “San’at darajasidagi ta’mirlash” nomli g‘aroyib aksiyasini o‘tkazdi. Mark Vaylning “Ilhom” teatri aktyorlari Yan Dobrinin, Yuliya Plakida va Svetlana Nazrullayevalar rassom Nadejda Riksiyeva (HopeRixiyeva) jamoasi bilan birgalikda taniqli rassom Bobur Ismoilovning sharq durdona asarlarini hayotda aks ettira oldilar. Savdo markazlariga tashrif buyurganlar o‘zlarini musavvirning “Profil” (Next SKM), “Hayolparast” (Samarqand Darvoza SKM) va “Akvarium” (Parus SKM) kabi ishlarining bir qismi sifatida his etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Jonli installyatsiyalar KNAUF jamoasining ishini shaxsan ko‘rishga tashrif buyurgan Bobur Ismoilovning yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi.

— “San’at darajasidagi ta’mirlash” loyihasi uchun mening ishlarim tanlab olinganligi – bu katta sharaf. Men boshqa kompaniyalarga yaxshi namuna bo‘la oladigan ajoyib g‘oya va uning a’lo darajada aks ettirilganligini ko‘rmoqdaman. Kelajak aynan shunda: kompaniyaning yorqin shaxslari va kreativ g‘oyalarida. Barcha quruvchilarni bayram bilan muborakbod etaman! — deya murojaat qildi Bobur Ismoilov.

Bayram tadbirlari an’anaga ko‘ra poytaxt bilan chegaralanib qolmadi va deyarli barcha viloyatlarda o‘tkazildi. Kompaniya savdo belgisi tushirilgan yuk avtomobillari tabrik dasturi bilan butun respublika bo‘ylab aylanib chiqdi. Quruvchilar kuni aholiga mazmunli va qiziqarli dasturi bilan yodda qoldi. Bolalar eng faol va minnatdor muxlis bo‘lib chiqishdi. Ular katta ishtiyoq bilan raqs fleshmoblarida ishtirok etib, intellektual viktorinalarda bosh sovrin uchun o’z kuchlarini sinab kurdilar. O‘z mahorati bilan odamlarni hayratga soluvchi sehrgar barcha shaharlarda kechalarning bosh qahramoniga aylandi.

— Biz 11ta shaharlarni aylanib chiqdik va aholi KNAUF jamoasini iliq va samimiy kutib oldi. Odamlar chin dildan tomoshani ko‘rib zavqlanishdi, keyin esa sehrgar va boshlovchilar bilan suratga tushish istagini bildirishdi. Bizning bolalarimiz juda ham iste’dodli, raqs tanlvolarida bunga yana bir bor amin bo‘ldik. Jizzax shahrida odamlar qanday ajoyib raqsga tushganlarini bir ko‘rsangiz edi! — bayram turnesidan o‘z taassurotlari bilan bo‘lishishadi tashkilotchilar.

KNAUF kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Qurilish sohasi xodimlari kuniga oid ko‘plab taassurotlar va statistik ma’lumotlar to’plandi.

 

Ma‘lumotnoma: 

O’zbekiston Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini nishonlash to’g’risidagi» farmoniga muvofiq, 2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanbasi “Qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Kasb bayrami “respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, qurilish sohasida erishilgan yutuqlarni keng ko’lamda targ’ib qilish va mutaxassislarni rag’batlantirish” maqsadida belgilangan. 2017 yil 21 dekabr kuni «O’zbekiston Respublikasida Qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to’g’risidagi” Qonun qabul qilindi.

 

KNAUF kompaniyasi haqida: 

KNAUF – halqaro kompaniya bo’lib, oilaviy biznes tamoyillariga asosan tashkil topgan va o’zining global miqyosdagi faoliyatiga qaramasdan ushbu qadriyatlarni saqlab qolgan. Bugungi kunda KNAUF halqaro guruhi dunyodagi eng yirik qurilish mollari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. 1993 yilda KNAUF o’z investitsion faoliyatini Rossiyada boshlagan,  keyinchalik Ukraina, Qozog’iston, O’zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyada korxonalar sotib olingan va tashkil topilgan. Marketing faoliyati barcha MDH davlatlarida, Gruziya va Mongoliyada tarqalgan. MDH mamlakatlaridagi barcha KNAUF korxonalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lib, halqaro guruh doirasida yagona ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalaniladi va yuqori sifatga ega qurilish mollari ishlab chiqariladi. Sifat standartlari Germaniyadagi KNAUF korxonalari hamda MDH davlatlaridagi korxonalar uchun yagonadir.

www.knauf.uz, www.knauf.ru, www.knauf.com saytlarida O’zbekistondagi KNAUF kompaniyasi, MDH davlatlari va dunyodagi KNAUF kompaniyalari to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

 



Комментарии
Оценка:
Комментарий будет опубликован после проверки модератором

© 2005-2024 Stroyka.uz. Все права защищены.