OAV uchun axborot:KNAUF Buxoro maktablari o?quvchilari uchun kasbga yo’naltirish dasturini o?tkazib bormoqda

15 февраля 2019

Oʻzbekistonda oʻn bir yillik taʼlimning qayta tiklanishi bilan maktablarda kasbga yoʻnaltirish masalalari dolzarb tus oldi. KNAUF kompaniyasi yuqori sinflar oʻquvchilariga boʻlgusi kasbini tanlashga yordam beruvchi “Oʻz hunaringni top” dasturini ishlab chiqdi.

2019 yilning 14 fevralida “Oʻz hunaringni top” kasbga yoʻnaltirish dasturining birinchi ishtirokchilari KNAUF gipskarton qoplamalarini ishlab chiqarish zavodida boʻldilar. Buxoro shahridagi 17-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari mazkur tashrif doirasida kompaniyaning turli boʻlinmalari mutaxassislari faoliyati bilan tanishib, kasb tanlash kabi muhim va nozik masalada nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikr almashdilar. Oʻquvchilar uchun shuningdek, ayni damda Londonda faoliyat yuritayotgan vatandoshimiz bilan video aloqa orʻnatildi. U maktab oʻquvchilariga oʻzining ragʻbatlantiruvchi va qiziqish uygʻotuvchi nutqi bilan murojaat qildi va zavodning yosh mehmonlari savollariga batafsil javoblar qaytardi.

"16 yoshlik oʻsmirda boʻlgusi kasbi toʻgʻrisida aniq tasavvur mavjud emas. Bolalar odatda ota-onasi aytgan va pastroq oʻtish balliga ega oliy oʻquv yurtlarga hujjat topshiradilar yohud buxgalteriya yoki huquqshunoslik kabi taniqli yoʻnalishlarni tanlaydilar. Natijada kimdir institutdagi o’qishini oxiriga yetkazmay tashlab ketadi, kimdir esa o’z mutaxassisligi bo’yicha ishlamaydi. Biz maktab oʻquvchilari keng tarqalgan kasblardan tashqari boshqa koʻplab juda qiziq va talabi katta boʻlgan kasblar mavjudligini anglab yetishini xohlaymiz. Bunda gap faqat muhandislar va ustalar haqida ketayotgani yoʻq - KNAUF zavodida turli sohalardagi mutaxassislar ishlaydi.

Maktabda boshlangʻich sessiyalardan soʻng oʻqituvchilar menga bolalarga muvaffaqiyatli, ruhlangan va oʻz ishini sevgan insonlar bilan muloqot yetishmasligi haqida aytardi. Buni men oʻzim ham oʻquvchilar fikr-mulohazalarini oʻrgangan holda yaxshi tushunar edim. “Oʻz hunaringni top” dasturi 10-11 sinf oʻquvchilariga oʻz kasbiy yoʻnalishini izlashga yordam beradi", - deydi KNAUF axborot-maslahat markazi rahbari Sanjar Atayev.

“Oʻz hunaringni top” loyihasi yuqori sinf oʻquvchilariga tegishli kasbni tanlashga yordam beradi. Dastur ikki qismdan iborat:

  • Axborot qismi. Oʻquvchilar KNAUF kompaniyasining turli boʻlinmalari xodimlari ishi bilan tanishadilar va ular bilan tanlangan ixtisoslikning amaliy tomoni haqida suhbatlashadilar.
  • Rag’batlantiruvchi qismi. Kasbga yoʻnaltirish dasturi doirasida maktablarda muvaffaqiyatli insonlar bilan interaktiv suhbatlar tashkil etiladi.

“Oʻz hunaringni top” loyihasi Buxoro shahrining barcha maktablari uchun ochiq. Dasturda ishtirok etish masalalari yuzasidan oʻquv yurtlari maʼmuriyatlari loyiha kuratori Sanjar Atayevga ataev.sanjar@knauf.uz elektron manzili boʻyicha murojaat etishini soʻrab qolamiz.

KNAUF kompaniyasi to’g’risida

KNAUF kompaniyasi - jahonda qurilish materiallarini eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlib, quruq qurilish innovatsion texnologiyalarini qoʻllash bilan bogʻliq yangi qurilish kasblariga oʻrgatish boʻyicha yetakchi oʻrin egallaydi. MDH davlatlarida oʻz faoliyatining boshida KNAUF kompaniyasi zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlovchi professionallarni oʻqitish va malakasini oshirish tizimiga mablagʻlarni investitsiya qildi. Ushbu yondashish kompaniya falsafasining bir qismi - firmaga oʻz mahsulotini yuqori sifat darajasida qoʻllash imkonini beruvchi “KNAUF toʻplam tizimlari”ning ajralmas elementi hisoblanadi .

Buxoro va Toshkent shaharlarida kompaniyaning ham boshlovchi, ham tajribali ustalarning quruq qurilish texnologiyasini oʻrgatuvchi oʻquv markazlari faoliyat yuritmoqda. Kompaniya 15 ta kasb qurilish kollejlari bilan hamkorlik qilib, oʻquvchilarga amaliyot oʻtash va malakasini oshirish imkonini taqdim etadi. 2015 yilning kuz faslida Margʻilonda birinchi KNAUF resurs markazi ochildi. Kompaniyaning Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlaridagi maslahat markazlari talabalarga KNAUF quruq qurilish tizimlarini va ularning muhandislik tavsiflarini oʻrganishga yordam beradi.

 

Bog’lanish uchun ma’lumotlar

Xilola Yakupova

Tel: +998/90/514-30-80 

Faks: +998/71/150-11-62 

yakupova.khilola@knauf.uz

“KNAUF GIPS BUXORO”

XK MChJ Toshkent shahar filiali 

Xo’jayev, 2А

100070 Toshkent | O’zbekiston



Комментарии
Оценка:
Комментарий будет опубликован после проверки модератором

© 2005-2024 Stroyka.uz. Все права защищены.