B-Construct FILLER 60 Quyma ta'mirlash birikmasi.
цена договорная
B-Construct FILLER 60
Ta'rif: Quyma ta'mirlash birikmasi.
Tarkibi: Tsement, mineral to'ldirgich, armirlovchi to'qimalar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar.
Asosiy xususiyatlari:
ASOS VA ARMATURA BILAN YUQORI BOG'LANISH DARAJASI
MUSTAHKAMLIKNI TEZ TO'PLASH
YUQORI NAMLIKDA QOTISH
TASHQI VA ICHKI ISHLAR UCHUN TAVSIYA ETILGAN
OG'IRLIGI: QOP 25 KG
Asosning turi
G'isht terish
Beton, temir beton
Tosh, armotosh asoslar
Tsement styajka
Ishlar sohasi
Namligi me'yorda bo'lgan xonalar
Namligi yuqori bo'lgan xonalar
Basseyn
Yerto'lalar
Tashqi ishlar - Fasad
Tashqi ishlar - Tsokol
Yuza
Devor*
Pol
Shift*
Surtish usuli
Qo'lda
Mashinali
Mahsulotning xususiyatlari
Rangi Kul rang
Bog'lovchi Tsement
Maksimal fraksiya 2,5 mm
Qo'llash xususiyatlari
1 m3 ni tayyorlash uchun quruq aralashmaning sarfi 2 040 kg
Surtishning minimal qalinligi 10 mm
Surtishning maksimal qalinligi 200 mm
Ochiq tarada tayyor aralashmaning saqlanishligi 40 daq
Asosning haroratida ishlarni o'tkazish +5 dan +35 °C gacha
Qattiqlashuvdan keyingi xususiyatlar
Suvga chidamlilik bo'yicha marka min W16
Sovuqqa turg'unlik bo'yicha marka min F300
Vaqt o'tgandan keyin siqilishdagi mustahkamlik:
- 24 soat
- 28 sutka
min 20 MPa
min 60 MPa
Vaqt o'tgandan keyin asos bilan birikish mustahkamligi:
- 7 sutka
- 28 sutka
min 1,2 MPa
min 2,0 MPa
Vaqtda bukilishdagi mustahkamlik
- 1 sutka
- 28 sutka
min 5,0 MPa
min 8,0 MPa
Doimiy ta'sir qilishda issiqlikka turg'unlik +120 °С
Ichimlik suv bilan aloqa ha
Agressiv muhitlarda ishlatish 5 < pH < 14
Ishlatish harorati -50 dan +70 °С gacha
MO'LJALLANGANLIK
Xona ichkarisida va statik va dinamik qaytariluvchan yuklamalarga uchraydigan ochiq havolarda, jumladan agressiv muhitlarda konstruktsiyalarning beton elementlarini ta'mirlash, oqava suvlarni va kanalizatsion tizimlarni tozalash uchun inshootlarni ta'mirlash, beton va temir beton konstruktsiyalarni shikastlangan elementlarini ta'mirlash, to'xtab turish zonalarni, jumladan ochiq havodagilarni ta'mirlash, devor fundamentlari va polning beton plitalari orasini tsementatsiyalash, yangi, jumladan suvga chidamli qalin devorli, zich armirlangan beton konstruktsiyalarini tayyorlash, beton konstruktsiyalarida va tog' jinslarida ankerlarni mahkamlash, asbob-uskunalarning tayanch qismlarini mustahkamlash, yig'iluvchan beton konstruktsiyalarini birikishlarini mustahkamlash.
ASOSNI TAYYORLASH
Ishlarni o'tkazishdan avval Bergauf B-Isol HYDROPLOMBA materiali yordamida faol suv sizib chiqishlar va suv filtratsiyasi bartaraf etilsin
Beton, temir beton asoslarni va tosh, armotosh asoslarni tayyorlash:
olib tashlanishi zarur bo'lgan buzilgan asos maydonlarini belgilash;
mustahkam asosgacha mexanik yo'l bilan bo'shashgan va mustahkam bo'lmagan maydonlarni olib tashlash:
maydonning hoshiyalarini asosga qarab 10 mmdan kam bo'lmagan chuqurlikka to'g'ri burchak ostida chopilsin;
shtroblashdan so'ng shtroba ichidagi yuzani dag'allashtirish zarur, ta'mirlanishi kerak bo'lgan yuzaning minimal dag'allashishi 2 mmdan kam bo'lmagan o'lchamni tashkil qilishi kerak;
silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi, ularni perforator yoki po'lat cho'tka yordamida “dag'allashtirish” zarur:
0,5 mmdan katta kenglikdagi yoriqlarni butun uzunligi bo'ylab kengaytirilsin. Beton va temir beton asoslar uchun olingan shtrobaning kesimi kamida 20 x 20 mm bo'lishi kerak, tosh va armotosh asoslar uchun olingan shtrobaning kesimi kamida 10 x 10 mm bo'lishi kerak;
bosim ostida suv bilan tozalashdan avval tosh va armotosh asoslarning terish choklarini kamida 10 mm dagi chuqurlikka kengaytirilsin;
suvpurkagich apparat yordamida yuzani suv bilan tozalansin.
B-Isol HydroPrimer adgeziv aralashma surtilsin (ancha batafsil ma'lumotlarni ushbu mahsulotga texnik tasniflanishda ko'ring).
Yalang'ochlangan armaturalari bo'lgan maydonlarni tayyorlash:
armatura yalang'ochlanib qolgan vaziyatda uning atrofidagi (jumladan uning ortidagi) betonni ochib yuborilsin va olib tashlansin:
20 mm dan kam chuqurlikka;
shikastlanish zonasining har bir hoshiyasidan 50 mm ga;
armatura maydonlari va bo'rtib chiqib turgan qismlarni zangdan va oksidlanishdan tozalansin. Konstruktsiyaning xizmat muddatini uzaytirish uchun armaturaning va boshqa metal elementlarining bo'rtib turgan qismlarini armaturani himoyalovchi va beton asoslarga adgeziyani oshiruvchi B-Isol HydroPrimer bilan ishlov berish zarur;
armaturaning 20 % dan yuqori korroziyasida, armaturani almashtirish zarur.
Diqqat! Silliq yuzalarga yo'l qo'yilmaydi.
Materialni surtishdan avval yuzani yaxshilab suv bilan namlantirish va B-Isol HydroPrimer adgeizon aralashma surtilsin.
Ishga tayyorgarlik
Opalubkani o'rnatish:
Opalubka:
mustahkam materialdan;
germetik;
ishonchli mahkamlangan bo'lishi kerak.
Opalubka havoni qaytarish uchun maxsus tirqishga ega bo'lishi kerak:
vertikal konstruktsiyalar uchun – tepada;
gorizontal konstruktsiyalar uchun – quymaga qarama-qarshi tomonda.
Opalubka oldindan mashina moyi bilan moylangan bo'lishi kerak.
Opalubka va armatura orasidagi tirqishlar kamida 10 mm bo'lishi kerak.
ARALASHMANI TAYYORLASH
Suv bilan aralashtirilganda armaturaga va ta'mirlanuvchi asosga yuqori darajadagi adgeziya bilan reoplastik, o'z-o'zidan zichlanuvchi quyma aralashmani hosil bo'ladi.
Quruq aralashmaning miqdori sarflanuvchi materialga muvofiq ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblanadi.
Qorishmani tayyorlash uchun toza idishlar va instrumentlarni qo'llang.
MUHIM: tayyorlangan aralashmani aralashtirish paytidan 40 daqiqa davomida qo'llash zarur
Havo harorati +5-10 °С dan qorishtirish uchun suvni +30° С gacha ilitilsin.
Aralashmani quyidagi proportsiyada suv (+15 dan +20 °С gacha) bilan eritilsin: quruq aralashmani asta-sekin suvga qo'shiladi. Suv sarfi quyidagini tashkil qiladi:
aralashmaning 1 kgsiga – suvning 0,13-0,14 l;
aralashmaning 25 kgsiga – suvning 3,25-3,5 l.
Aralashmani suvga qo'shib turib, uni doimo aralashtirib turish, hamda bir turdagi konsistentsiya hosil bo'lgunga qadar 2-4 daqiqa davomida uzluksiz aralashtirib turish kerak.
Toki barcha kimyoviy reaktsiyalar tugagunicha 5 daqiqa kutilsin.
Takroran 2 daqiqa davomida aralashtirilsin.
Ikkinchi aralashtirishdan keyin 5 daqiqa o'tishi bo'yicha eritmaning harakatchanligini o'zgartirish uchun aralashmaga suv yoki quruq aralashmani qo'shish taqiqlanadi.
* Aralashtirishni quruq aralashmalar uchun maxsus mikser yoki uchlikli oddiy drelni, aylanishlar soni daqiqada 500 aylanishlardan ko'p emas, qo'llash bilan o'tkazish tavsiya qilinadi. Aylanishlarning katta sonida aralashmaga katta miqdorda havo kiritilishi mumkin, bu yuzaning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
DIQQAT!
Bergauf B-Construct FILLER 60 aralashmasini quyidagilarga surtish taqiqlanadi
Quruq yuzaga
Suv sizib chiqishlari mavjud bo'lgan yuzalarga
Muzlab qolgan yuzalarga
Ikkinchi aralashtirishdan so'ng 40 daqiqa o'tib aralashmani qo'llash taqiqlanadi
ISHLASH TARTIBI
Quyish
Tayyor aralashmani uzluksiz qo'lda yoki shlang orqali nasos yordamida quyiladi.
Havoning siqilib qolishidan saqlanish uchun quymani bir tomondan kiritish zarur.
Aralashmaning harakatchanligi aralashmaning yotqizilishini vibrozichlashsiz o'tkazishga imkon beradi.
Aralashmaning zichlanishini tashqi tomondan opalubkaga uzoq muddatli bo'lmagan taqillatish yo'li bilan o'tkaziladi.
Bir maydonning quyilishini tanaffussiz va sovuq choklarni hosil qilmasdan amalga oshirilsin.
To'ldirish nazoratini vizual, to'ldirish bo'yicha yoki havo qaytaruvchi tirqish va havo qaytaruvchi quvur orqali amalga oshiriladi.
O'tkir burchaklarni opalubka yechib olingandan so'ng darhol tekislansin.
Bo'shliqlarni to'ldirish
Konstruktsiyalardagi bo'shliqlarni to'ldirishda aralashmani uzatish va havoni qaytarish uchun tirqish ko'zda tutilishi zarur.
Bo'shliqlarni to'ldirish texnologiyasi opalubkaga quyishdan farq qilmaydi.
Beton konstruktsiyalarda aralashmani uzatish uchun havo qaytaruvchi tirqishlarni betonlash yakunlangandan so'ng Bergauf B-Construct TX B55 ta'mirlash materiali bilan to'ldirish zarur bo'ladi.
Aralashmani surtish vaqtida va undan so'ng quyidagilar taqiqlanadi:
aralashmani vibrozichlanishi;
aralashmadan havoni olib tashlash (deaeratsiya).
Materialni havo harorati +5 °С dan +35 °С gacha bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi.
Ushbu yo'riqnomada qo'llash bo'yicha tavsiyalar o'rtacha berilgan va +10°С dan +25°С gacha bo'lgan havo harorati uchun taqdim etilgan**
** +5°С dan +10°С gacha haroratda mustahkamlik to'planishini tezlashtirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
quruq aralashmani qo'llashdan avval kamida 1 sutka davomida, +15–25°С haroratda, iliq xonada saqlab turish;
eritish uchun +30°С haroratdagi suvni qo'llash;
ta'mirlanuvchi yuzani ishlarni boshlashdan avval isitish, issiq suv yordamida isitish ehtimoli mavjud.
** +25°С dan yuqori haroratda ushbu parametrlarga yuqori haroratni ta'sirini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
quruq aralashmani salqin joyda saqlash;
eritish uchun sovuq suvni qo'llash;
bevosita ishlarni boshlashdan avval yuzani sovuq suvda yuvib salqinlashtirish;
ishlarni sutkaning salqin vaqtida bajarish;
yangi surtilgan aralashmani qurib qolishdan va to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalash tavsiya qilinadi.
Ishlar o'tkazilgandan so'ng 3 sutka o'tishi bo'yicha bajarilgan ishlarning sifatini tekshirilishini o'tkazish zarur.
Bunda yuza ko'rinishi bo'yicha bir xil zichlikda, ko'rinuvchi yoriqlarsiz va qavatlashishsiz bo'lishi kerak, materialning qavatlashib ajralishi va asosdan qatlamlab ko'chishi bo'lishi kerak emas.
Nuqsonlar aniqlanganda ushbu maydonlarning ta'mirlanishi o'tkazilishi kerak.
DIQQAT!
Aralashmaning me'yorda qotishi uchun quyidagi sharoitlar ta'minlanishi kerak:
3 sutka davomida yuzaning qurib qolishiga yo'l qo'ymasdan surtilgan aralashmani namlantirib turish;
to'g'ri quyosh nurlaridan, shamoldan, yomg'irdan, ayozdan himoyalash;
mexanik shikastlanishdan himoyalash.
Bergauf B-Construct FILLER 60 bilan ishlov berilgan yuza quyidagilarga yaroqli:
shtukaturkalash va shpaklevkalash – 7 sutkadan so'ng (Bergauf B-Construct FILLER 60 ning qoldiq namligi 3 % dan ko'p bo'lmaganida);
barcha turdagi plitkalarni yotqizish – 7 sutkadan so'ng;
barcha turdagi plitkalarni yotqizish – 7 sutkadan so'ng;
organik kelib chiqqan aralashmalarni qo'llash – 14 sutkadan so'ng.
Surtishdan so'ng aralashmani 10-12 soatdan kam bo'lmagan vaqtda nam sharoitlarda saqlash zarur, buning uchun 34 soat oraliqda yuzaning ko'p martalik namlantirilishi amalga oshirilishi kerak. Surtishdan so'ng ayniqsa quruq va issiq ob-havoda suvning tez parlanib ketishidan yuzani plyonka bilan himoyalash tavsiya qilinadi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Materialning ko'zlarga, teriga va nafas olish yo'llariga tushib qolishiga yo'l qo'yilmasin. Eritma bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarur.
SAQLANISHI
Quruq xonada va yopiq zavod qadog'ida kafolatlangan saqlash muddati tayyorlangan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.
Qoplarni -3°С dan +5°С gacha haroratda va 70 % dan ortiq bo'lmagan havo namligida namgarchilikdan saqlagan holda tagliklarda saqlansin. Saqlash vaqtida haroratning keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmasin.
Qopli tagliklar butun saqlash muddatiga har tomondan zich plyonka bilan o'ralgan bo'lishi kerak.
Bergauf B-Construct FILLER 60ni ochiq idishda saqlash taqiqlanadi.
Aralashma nomuvofiq ob-havo sharoitlariga minimal ta'sirli maxsus qoplarga qadoqlangan. Mahsulotning barcha xarakteristikalari va kafolat muddatlari uni saqlash sharoitlariga rioya qilgan holda yopiq qadoqda saqlanadigan mahsulot uchun to'g'ri. Ochiq yoki shikastlangan idishdagi mahsulot uchun va uning xarakteristikalariga ishlab chiqaruvchi mas'uliyatni olib bormaydi.
YUKLAB TASHISH
Aralashmalar yopiq turdagi transportning barcha turlarida yuklab tashiladi.
DIQQAT! konstruktsiyalarni ta'mirlash, kuchaytirish, tayyorlash bo’yicha barcha ishlar qo'llaniluvchi materiallar va ish sohalarining o'ziga xosligiga bog'liq holda tizimda boshqa gidroizolyatsion materiallar bilan o'tkaziladi.
BERGAUF B-Construct FILLER 60 yordamida samarali ishlar uchun shu bilan birga Bergaufning boshqa mahsulotlarini ham qo'llash zarur: B-Isol Hydroplomba, B-Isol HYDRO, B-Isol HYDRO ISOTRON, B-Isol HYDRO PROOF va boshqalar.
Mahsulot muvofiq keladi: Eritiluvchan ta'mirlash hajmli-tiklanuvchi konstruktsion qo'lda surtiluvchan quruq aralashma GOST 31357-2007
DIQQAT!!! Ishlarni amalga oshirish va mahsulotni qo'llashning xususiyatlari har bir holatda farq qiladi. Texnik tavsiflanishlarda faqat qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar taqdim etilgan.
Iste'molchi materialni noto'g'ri qo'llagani uchun mustaqil ravishda javobgarlikni olib boradi.
Qo'shimcha ma'lumotlarni olish uchun Bergauf texnik mutaxassislariga murojaat qilish lozim bo'ladi.
Организация:
Bergauf Uzbekistan
Описание:
Мир изоляционных материалов
- Диоксид титан
- гидроизоляционные материалы
-гидроизоляционный материал проникающего действия
-Ремонтные материалы
-Инъекционные материалы
-теплоизоляционная краска-термос
-полиуретановые герметики
-гидрофобизаторы
-очистители фасадов
-жидкая резина
-фасадные панели
-террасная доска из пластика
-виниловый ламинат
-Огнезащитные материалы и. т. п.
Мир индустриальных и моторных маслел
-Маторные масла
-Компрессорные масла
-Комерчисные масла
-Индустриальные масла
-Потребительсные масла
Услуги по гидроизоляции с гарантии.
-Гидроизоляция бассейнов, питьевых резервуаров, фонтанов;
-Гидроизоляция стыков, конструкции из бетонных блоков;
-Гидроизоляция электростанций, плотин, объектов транспортной инфраструктуры;
-Гидроизоляция пола, потолка, подвалов, погреба, балкона;
-Гидроизоляция мест ввода коммуникаций и. т. п.
Адрес:
район Юнусабад, 8 кв, кулоктепа
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
Скажите продавцу, что получили его номер телефона на Stroyka.uz. Уточняйте о возможных скидках.
+998 (95) 145-16-61 +998 (94) 647-22-79 +998 (93) 919-60-66 +998 (90) 934-82-13
Комментарии